Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Jahon chempionati, Chempionlar ligasi uchun futbol to‘plari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Jahon chempionati, Chempionlar ligasi uchun futbol to‘plari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda FIFA tasnifidagi jahon chempionatlari va UYEFA Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun futbol to‘plari ishlab chiqariladigan zavod ochiladi. Bu haqda mamlakatimizning Pokistondagi elchisi Furqat Sidiqov va Forward Group kompaniyasi egasi Xvaj Ma’sud Axtar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilingan.

Ta’kidlash joiz, Forward Group sport tovarlari, asosan, futbol to‘plari tayyorlaydi. Ushbu brend 2014 va 2018 yillardagi jahon chempionatlari, qolaversa YECHL uchun rasmiy va yagona to‘p yetkazib beruvchi bo‘lgan. Shuningdek, qo‘l to‘pi, voleybol koptoklari, sport sumkalari ishlab chiqariladigan zavodlarga ega. Ayni chog‘da zamonaviy tibbiy jarrohlik vositalarini ham ishlab chiqaradi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Forward Group O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda aynan bizning mamlakatda birinchi investisiyaviy loyihasini amalga oshirishga qaror qilgan. O‘zbekistonda MDH va Yevropada muqobili yo‘q bo‘lgan zamonaviy korxonani tashkil etish uchun 2017-2019 yillarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu zavod Andijonda qad rostlaydi.

Qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish salohiyati oyiga 3000 ta to‘pga teng. O‘zbekistonga olib kelingan asbob-uskunalar o‘z yo‘nalishida yagonadir va tijorat siri hamda intellektual mulkning qimmatbaho ob’ektlari hisoblanadi.

Natijada UYEFA, FIFAning jahon miqyosidagi va boshqa nufuzli futbol turnirlari uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida to‘plar taqdim etiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, pokistonlik biznesmen Andijon viloyatida Forward-TH Sports loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, kompaniyasi O‘zbekistonda sport sumkalari hamda dunyo futbol klublari uchun liboslar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investisiya loyihalarini hayotga tatbiq etishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 22:10, 25.07.2019.
O'qildi: 9917 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик