Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Azamat Abduraimov: «Faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz»

Azamat Abduraimov: «Faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

26 iyul – 1 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg‘oniston va Qirg‘izistonning o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etishadi.

Bugun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ilk o‘yinni soat 20:30da tojikistonlik tengqurlariga qarshi Dushanbedagi “Markaziy stadion”da o‘tkazadi.

Musobaqa oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov quyidagicha fikr bildirdi:

- Tojikistonda o‘tadigan CAFA chempionati bizning terma jamoamiz uchun joriy yil hisobidan ilk xalqaro musobaqa bo‘ladi. Yaqindagina tojikistonlik tengqurlarimizga qarshi Xo‘jandda 2 ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etgan edik. Ushbu o‘yinlar biz uchun ancha foydali bo‘lganini ta’kidlay olaman. O‘sha o‘yinlar bilan solishtirganda hozirda tarkibimizda 6-7 ta o‘zgarish mavjud. Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi chempionati yuqori darajada o‘tishiga aminman. Barcha raqiblar munosib darajada. Har bir o‘yinga jiddiy hozirlik olib borishga urinamiz. Birinchi raqibimiz – Tojikiston terma jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv qiyin bo‘lishi tayin, lekin biz faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz, - dedi mutaxassis. 

Manba: UFA
Kiritildi: 11:43, 26.07.2019.
O'qildi: 5097 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик