Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Zidan og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Zidan og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Kecha tunda mavsum oldi tayyorgarlik musobaqasida ishtirok etayotgan Madridning ikki jamoasi to‘qnash keldi  va kutilmaganda «Real Madrid» «Atletiko Madrid» klubiga 2 : 7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng ikki jamoa murabbiylari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. Hozir e’tiboringizga murabbiylar tomonidan o‘yindan so‘ng berilgan intervyularni taqdim etamiz.

Diyego Simione

Bugun biz klub tarixidagi eng zo‘r uchrashuvni o‘tkazdik desam, adashmagan bo‘laman. Norasmiy uchrashuv bo‘lishiga qaramasdan futbolchilar o‘yinda  to‘liq kuch bilan harakat qilishdi. Bundan derbi maqomidagi uchrashuvlarda ikki klub ham faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushishi turgan gap.

Men o‘z yigitlarim bilan faxrlanaman. Ular o‘zlarining eng yuqori darajasida futbol namoyish etishni uddalashdi va jamoa muxlislari, murabbiylar shtabini xursand qilishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘ylashimcha, bunday g‘alabadan o‘zlari ham rohat olishdi. Felish «Real Madrid»dek jamoaga qarshi qo‘rqmasdan to‘p surdi. U bu uchrashuvda nafaqat o‘zining ilk golini, balki ilk golli uzatmasini ham amalga oshirdi. Yana kimsan «Real Madrid» jamoasiga qarshi! U maqtovlarga loyiq. Eng asosiysi, u kichik jarohatdan forig‘ bo‘ldi va endi jamoamizga yordam bera oladi. Ko‘pchilik uni Grizmanning o‘rnini bosishini taxmin qilmoqda. Bu borada gapirmoqchi emasman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Uning imkoniyatlari katta. Agar Felish o‘sishdan to‘xtab qolmasa, kelajakda super futbolchiga aylanishi mumkin.
Diyego Kostaning o‘yini har qanday maqtovdan ham a’lo darajada bo‘ldi. Yillar o‘tgani9 sayin uning tajribasi ortmoqda va u belgilangan vazifani ortig‘I bilan bajarmoqda. Men o‘z jamoamdan rasmiy uchrashuvlarda ham shunday faollik kutib qolaman.

Zayniddin Zidan

Bugun jamoam qo‘rqinchili o‘yin o‘tkazdi. O‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lishidan qat’iy nazar biz juda yomon o‘ynadik. Bunday hisobda mag‘lubiyatga uchrash noo‘rin holat. Men «Real Madrid»ning barcha muxlislaridan jamoamizning kuchsiz o‘yini uchun uzr so‘ramoqchiman. Bugungi uchrashuv himoyadagi muammolarimizni shundoq ko‘rsatib berdi. Endilikda aynan kamchiliklarni bartaraf etish borasida ishlashda davom etmiz.

Garet Beyl? Balki uni ertaroq maydonga tushurganimda hammasi boshqacha bo‘lgan bo‘lar edimi, bilmadim, biroq endi buni muhokama qilishdan foyda yo‘q. Uchrashuv tugadi va natija o‘zgarmaydi. U hozirda katta kuch bilan mashg‘ulotlarga kirishgan. Men u haqida avval aytgan so‘zlarim uchun uzr sormoqchiman. Garet professional futbolchi ekanligini isbotladi va jamoamizga qaytib, bor e’tiborini futbolga qaratdi.

Sebalosning «Arsenal»ga o‘tishi oddiy holat. U iqtidorli yigit, lekin Madridda unga o‘yin amaliyoti yetmagan bo‘lar edi. Endi unda maydonda to‘liq harakat qilish imkoni mavjud. Umid qilamanki, u bu imkoniyatdan to‘liq foydalanadi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 11:38, 27.07.2019.
O'qildi: 11816 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.