“Barselona” himoyachisi Duglas Pereyra faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
28 yoshli futbolchi “Beshiktosh” bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda “burgutlar”ning rasmiy sayti e’lon qildi. Kelishuvning qolgan detallari hozircha noma’lum.
Ma’lumot o‘rnida, Duglas o‘tgan mavsum ijara asosida “Sivasspor” sharafini himoya qilgan.