Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Qoraqalpog‘istonda «Otam, onam va men — sportchi oila» musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda «Otam, onam va men — sportchi oila» musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

“Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir oilada jismonan baquvvat, mustahkam irodali, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni oilalarning kundalik turmush tarziga singdirishdan iborat.

Jamoalar tarkibi mahallalardagi 30-45 yoshgacha bo‘lgan ota-onalar, ularning 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bilan jami bir jamoa 4 nafar ishtirokchidan tashkil topgan.

Musobaqa 4 bosqichda o‘tkazilgan bo‘lib, jamoalar o‘zaro 7 ta shart bo‘yicha:

1-shart — “To‘siqlar oshish” estafetasi,

2-shart—“Kim chaqqon va mergan”,

3-shart— “Mohir xujumchi (forvard)”,

4-shart — “Arqon tortish”,

5-shart — “Kim epchil o‘yini”,

6-shart — “Kim chaqqon estafetasi” hamda

7-shart - “Darts” bo‘yicha bellashishdi.

Hududiy bosqichlarda ushbu shartlardan muvaffaqiyatli o‘tib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Qonliko‘l, Chimboy, Bero‘niy tumanlari va Nukus shahri oilalari respublika bosqichida ishtirok etdi.

Musobaqa qizg‘in bahslarga boy o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Nukus shahri «Qutli makan» MFYdan Habibullayevlar oilasi egalladi. 2-o‘rinni Qonliko‘l tumani «Madeniyat» MFYdan Qudayarovlar oilasi qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikka Chimboy tumani «Berdaq» MFYdan Sultanovlar oilasi yakun yasadi. Shuningdek, Bero‘niy tumani «Navoiy» OFYdan Yuldashovlar oilasiga 4-o‘rin nasib etdi.

Bundan tashqari, tashkiliy ko‘mita tomonidan “Eng ahil jamoa”, “Eng yosh jamoa”, “Jamoaning g‘alabaga bo‘lgan ishonchi”, “Eng yaxshi sermazmun ijodkor jamoa”, “Eng tezkor jamoa”, “Eng epchil jamoa”, “Eng faol jamoa”, “Eng ibratli jamoa” kabi nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:35, 28.07.2019.
O'qildi: 1969 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик