Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Badmintonchilarimiz Xitoyga jo‘nab ketdi

Badmintonchilarimiz Xitoyga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 29 iyul – 4 avgust kunlari Xitoyning Chendu shahrida yoshlar o‘rtasida badminton bo‘yicha Xalqaro o‘rtoqlik turniri bo‘lib o‘tadi.

Xitoy Xalq Respublikasi Milliy badminton federasiyasi va “Sun Chin Lin” fondi tomonidan tashkil etilgan turnirda o‘zbekistonlik 12 nafar yosh badmintonchilar ham ishtirok etishadi.

Kecha tunda vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi.

13 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yoshlarimiz jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan kuch sinashishadi.

Delegasiyamiz Xitoyga tashrifi davomida musobaqada ishtirok etish bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashish uchun bir qator o‘quv-mashg‘ulot seminarlarida ham ishtirok etishadi.

Jahonda ommaviyligi bo‘yicha futboldan keyingi o‘rinni egallagan badminton sportini yurtimizda ommalashtirish va rivojlantirish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimiz va bir qator viloyat markazlarida yangi zamonaviy badminton markazlari foydalanishga topshirildi.

Xitoyda badminton barcha yosh toifasidagi insonlar o‘rtasida keng ommalashib milliy sport turi darajasi yetgan. Ushbu sport turi bo‘yicha nufuzli musobaqalarda eng yaxshi natijalarni xitoylik sportchilar qayd etib kelishayotgani bejiz emas. Aynan shu sababli yurtimizda badminton sportini ommalashtirishda Xitoy tajribasini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilinmoqda.

Ushbu musobaqaga taklif etilgan sportchilarimizning barcha xarajatlari (aviabiletlardan tashqari) tashkilotlar tomonidan beg‘araz qoplab berilayotganligini ham qayd etib o‘tish lozim.

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:51, 28.07.2019.
O'qildi: 1608 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.