Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Aleksandr Korchyonov

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Aleksandr Korchyonov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yarim himoyachi "Paxtakor" sharafini deyarli 7 yil mobaynida himoya qilgan.

Aleksandr Korchyonov 1949 yil Qozonda tavallud topgan. U Qozondagi “Mehnat zaxiralari” futbol jamoasi maktabida shug‘ullana boshlagan. Birinchi murabbiyi A.Dyatlov bo‘lgan. 1970 yil "Rubin" tarkibida o‘ynagan. Keyinchalik Cheboksarining "Energiya" va Nalchikning "Avtomobilist" klublari safida SSSR chempionati quyi ligalarida to‘p tepgan. 1972 yilgi mavsumni yaxshi o‘tkazgach, unga "Paxtakor"dan taklif bo‘ladi.

Toshkentda yaxshi jamoa shakllantirgan Vyacheslav Solovyov uni "Paxtakor"ga taklif etgan. 1973 yil ilk marta oliy ligada o‘ynagan Korchyonov o‘zining yaxshi jihatlari bilan ko‘pchilikning yodida qoldi. 26 uchrashuvda 1 to‘p kiritdi. Shu tariqa u asosiy yarim himoyachilardan biriga aylana oldi.

O‘zining eng yaxshi o‘yinlarini Aleksandr aynan “Paxtakor”da ko‘rsatdi. Korchyonov yarim himoyada haqiqiy yetakchiga aylanib, qiyin vaziyatlarda jamoadoshlarini olg‘a chorlashi bilan ajralib turardi. Korchyonovning o‘yinida ko‘zga tashlanib turadigan turli jihatlar mujassam edi - tezkorlik, chidamlilik, to‘p bilan aniq ishlash, o‘yinni o‘ziga olish va hujumga o‘tish. Uzoq yillar faoliyat olib borgani sababli deyarli mahalliy o‘yinchilardek muxlislar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan. Jamoani har taraflama maydonda va uning tashqarisida aynan Korchyonov boshqarardi. Shu sababli u jamoa sardori etib tayinlangan. Intizomga qattiq rioya qilishi bilan boshqalarni ham shunga chorlagan.

Yetti yilga yaqin vaqt ichida u chempionatlarda 196 bor "Paxtakor" libosida maydonga tushib, 12 gol muallifiga aylangan. 1979 yilgi mavsumda 18 bahsda 1 to‘p kiritishga erishgandi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasida ishtirok etgan.

11 avgustda ro‘y bergan aviahalokatdan so‘ng uning o‘g‘li otasining kasbini davom ettirib, bir qator jamoalarda o‘ynadi.

Aleksandr Korchyonov Qozon shahar qabristoniga dafn etilgan.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:14, 28.07.2019.
O'qildi: 1972 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.