Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Lokomotiv» - «Dinamo»: 10 yillik noxush an’ana buziladimi?

«Lokomotiv» - «Dinamo»: 10 yillik noxush an’ana buziladimi?

Baho:
+ | -

Turning shiddatli o‘tishi kutilayotgan o‘yini Toshkentda, ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlagan ikki jamoa – “Lokomotiv” hamda “Dinamo” o‘rtasida o‘tishi kutilmoqda. Samarqand jamoasi 1-davrada amaldagi chempionni mag‘lub eta olgandi.

Kim qanday holatda?

Amaldagi chempion sanalmish Samvel Babayan boshchiligidagi “Temiryo‘lchilar” 27 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan bo‘lishsa, Davron Fayziyev murabbiyligidagi “Dinamo” 18 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onadan joy olgan.

“Dinamo”ning so‘nggi besh turdagi o‘yini:

10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2

11-tur. “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” – 2:2

12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1

13-tur. “Dinamo” – “Bunyodkor” – 1:2

14-tur. “Bunyodkor” – “Dinamo” – 4:2

“Lokomotiv”ning so‘nggi besh turdagi o‘yini:

10-tur. “Nasaf” – “Lokomotiv” – 0:1

11-tur. “Lokomotiv” – “Surxon” – 5:1

12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1

13-tur. “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” – 2:0

14-tur. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” – 1:0

Eski tanishlar: Anzur Ismoilov va Jamshid Iskanderov

“Lokomotiv” safidagi aksariyat futbolchilar professional faoliyatini aynan “Dinamo”da boshlagan. Jumladan, “Lokomotiv” va terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov 15 yil avval aynan “Dinamo” safidagi o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lsa, yarimhimoyachi Jamshid Iskanderov ham Oliy Ligadagi ilk uchrashuvlarini 2011 yilda aynan “Dinamo” safida o‘tkazgan. “Dinamo” safida esa avval “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar yo‘q.

O‘zaro o‘yinlar: Ustunlik kimda?

“Dinamo” va “Lokomotiv” Oliy Ligada 25 marta to‘qnash kelishgan. “Dinamo” 11 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. “Lokomotiv” “Dinamo”ni hozirga qadar 11 marta mag‘lub eta olgan. To‘plar nisbati “Loko” tomonida - 36:38. O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” ham, “Lokomotiv” ham 36 ochkodan qo‘lga kiritgan.

“Lokomotiv”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:1 ga teng. “Dinamo”da bu ko‘rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009 yilgi bahsda Azamat Abduraimov boshchiligidagi «Dinamo» Ilhom Yunusov, Devid Oniya, Andrey Akopyans, Erkin Boydullayev, Bahodir Nasimovlarning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga «Loko»ni 5:0 hisobida mag‘lub etishgan.

O‘zaro so‘nggi uchrashuvlarda Toshkentda qayd etilgan natijalar:

20/06/2017. Lokomotiv – Dinamo - 2:0

26/08/2015. Lokomotiv – Dinamo - 2:1

24/10/2014. Lokomotiv – Dinamo - 1:0

03/05/2013. Lokomotiv – Dinamo - 3:1

03/08/2012. Lokomotiv – Dinamo - 3:1

02/10/2010. Lokomotiv – Dinamo - 2:2

18/08/2009. Lokomotiv – Dinamo - 1:2

17/10/2008. Lokomotiv – Dinamo - 1:2

09/06/2007. Lokomotiv – Dinamo - 1:2

Fakt: 10 yil avval...

«Dinamo» so‘nggi marta bundan 10 yil avval – 2009 yilda Sirojiddin Sayfiyev va Bahodir Nasimovlarning goli evaziga “Lokomotiv”ni Toshkentda mag‘lub eta olgandi. Ko‘ramiz, “Dinamo” bu safar 10 yillik noxush an’anani buza olarmikan?

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:59, 29.07.2019.
O'qildi: 2006 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик