Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+-1 | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirshda davom etamiz.

Shved afsonasining o‘g‘li «Spartak»ga o‘tmoqchi

Moskvaning «Spartak» jamoasi Shvedsiya futbol afsonasi Henrik Larssonning o‘gli Yordan Larsson bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.
22 yoshlik futbolchi shu kunlarda jamoaning tibbiy ko‘rigidan o‘tmoqda. «Norcheping» jamoasi futbolchisi yakunlangan mavsumda Shvedsiya chempionatida 11 ta gol kirtdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshidi.
Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek Andre Shyurrle ham tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Konoplyanka yangi jamoasi bilan kelishib oldi

“Ukrainalik futbolchi shaxsiy shartnoma borasida Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi bilan kelishuvga erishdi” deb xabar tarqatmoqda «FTR» nashri.
Turk nashrlarining xabar berishicha, Yevgeniy shaxsiy shartnoma borasida «Beshiktosh» jamaosi bilan to‘liq kelishuvga erishib bo‘ldi. Endilikda turklar futbolchining klubi «Shalko 04» jamoasi bilan uning tavon puli borasida kelishuvga erishsa, bo‘ldi.
Futbolchining taxminiy transfer narixi 5 million yevro atrofoda baholanmoqda.

«Chelsi» o‘z futbolchilarini sotuvga qo‘ydi

Londonning «Chelsi» klubi ustozi Frenk Lempard jamoaning transfer chekovlariga qaramasdan ikki yarim himoyachining hizmatlariga umuman ehtiyoj sezmayapti va ularni transferga qo‘ydi.
Ulardan biri Denni Drinkvoter bo‘lsa, ikkinchisi Bakayoko. Yarim himoyachilar Lempardning o‘yin uslubiga umuman mos emas deb topildi va transferga qo‘yildi.
Bakayoko borasida «Chelsi»ga «Everton» taklif bilan chiqishga ulgurgan bo‘lsa, Denni Drinkvoter borasida birorta jamoa aloqaga chiqqanicha yo‘q.

San – Marino klubi Dani Alvezga ish taklif qildi

Braziliyalik Dani Alvezga shu kunlarda San – Marino chempioni «Tre Fiori» jamoasi rasmiy taklif bilan chiqdi.

Ular futbolchiga jo‘natgan xatda quyidagi so‘zlar yozilgan edi : «Dani, biz sening ish qidirayotganingdan xabarimiz bor. Sening erishgan natijalarining va yutuqlaring odamni hayratda qoldiradi. Biz seni o‘z jamoamizda ko‘rishdan baxtiyor bo‘lgan bo‘lar edik. Biz San – Marinodagi sovrindor jamoalardan birimiz. Agarda senga yangi sovrinlar, futbol va mazali taom kerak bo‘lsa, bizning jamoamizga hush kelibsan!»

«Barselona» jamoasi savdolashmoqda

“Mana 10 kundan beri Katoloniyaning «Barselona» jamoasi «Betis» klubi bilan savdolashmoqda”, - deb xabar tarqatmoqda «Fotball transfer» nashri. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Katoloniya klubi Xunior Firpo borasida «Betis» jamoasiga 20 million yevro taklif qilgan, lekin «Betis» o‘z futbolchisini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Tomonlar o‘rtasidagi savdo tobora asabiy ko‘rinish olmoqda va tez orada «Betis» o‘z futbolchisini «Barselona»ga sotishdan bosh tortsa, ajab emas. Boz ustiga futbolchiga «Barsa» qiziqayotganini bilgan boshqa grand klublar ham Firpo bilan yaqindan tanishish haqida o‘ylab qolishmoqda. Agarda «Barselona»  «Betis» talab qilgan pulni bermasa, ajoyib futbolchini qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin. Gap shundaki, futbolchiga hozirda «Vulverhempton», «Milan» va «Napoli» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Riberi o‘zining keyingi klubini aniq qilib oldi

Fransiyalik futbolchining keyingi manzili qayer bo‘lishi juda ko‘p savollarga sabab bo‘layotgan edi. «Bild.de» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Frank shu kunlarda «Ayntraxt» jamoasi bilan shartnoma imzolaydigan ko‘rinadi. Sababi, qahramonimiz va uning agentini «Ayntraxt» klubi bazasi oldida paydo bo‘lgan.
Manbaada shuningdek futbolchi klubdan katta maosh so‘rayotgani va «Ayntraxt» bu borada o‘ylab ko‘rmoqchi ekanligi ma’lum qilindi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:11, 30.07.2019.
O'qildi: 10122 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.