Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Paxtakor-79»ni xotirlab. Vladimir Chumakov

«Paxtakor-79»ni xotirlab. Vladimir Chumakov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor"ning xaloskori sifatida murabbiylar tomonidan ta’riflangan Vladimir Chumakov ajoyib shifokor sifatida nom chiqargandi.

Vladimir Chumakov 1932 yil tavallud topgan. U "Paxtakor"da 11 yil faoliyat olib borgandi. O‘z vaqtida Chumakov nayza uloqtirish bo‘yicha besh karra O‘zbekiston chempioniga aylangan va yengil atletika bo‘yicha SSSR sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning rekordi 15 yil mobaynida yangilanmay turgan.

Toshkent tibbiyot instituti va O‘zbekiston jismoniy madaniyat va sport institutini tamomlagan Vladimir bo‘sh vaqtida ilmiy izlanishlar bilan mashg‘ul bo‘lardi. "Paxtakor" bilan safarga yo‘l olishidan bir kun avval jismoniy madaniyat va sport ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga ikki uslubiy ishlanmani taqdim etadi. Keyinchalik uning vafotidan so‘ng 1980 yilda "Futbolchilarda sport jarohati" va "O‘quvchilarda sport jarohati va uning muolajasi" nomli kitoblari nashr etildi. Uning izlanishlarida jarohatga olib keladigan sabablar, ularni yengib o‘tish haqida batafsil to‘xtalingan. Maydonda va hayotda futbolchilarga tinimsiz yordam bergan, sutkaning har qaysi qismida o‘z ishini bajargan shifokor shu tariqa o‘limidan oldin ham ilm-fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga ulgurgandi.

Sportchilik faoliyatidan keyin ikki yil Farg‘onaning "Neftchi" jamoasida ishlagach, Chumakov o‘zi xohlagandek "Paxtakor" shifokori sifatida ishlashga taklif qilinadi. Jamoada u barcha futbolchi va murabbiylarning xaloskoriga aylanib bo‘lgandi. Afsuski, mash’um halokat ajoyib shifokor va ilm-fan rivoji uchun xizmat qilayotgan insonning umriga nuqta qo‘ydi.

Vladimir Chumakov o‘limidan keyin "Shuhrat" medaliga loyiq ko‘rilgan.

Manba: Пахтакор расмий телеграм саҳифаси
Kiritildi: 17:14, 30.07.2019.
O'qildi: 1634 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик