Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Akademik eshkak eshuvchilarimiz lisenzion jahon chempionatiga Belarusda tayyorgarlik ko‘rishadi

Akademik eshkak eshuvchilarimiz lisenzion jahon chempionatiga Belarusda tayyorgarlik ko‘rishadi

Baho:
+ | -

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Belarusning Brest shahriga yetib borishdi.

Vakillarimiz ushbu shaharda 22 avgustga qadar yig‘in o‘tkazishadi. Ta’kidlash joiz, Brest yig‘ini 25 avgustdan 1 sentyabrga qadar Avstriyaning Lins-Ottenxaym shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Sportchilarimiz Belarus yig‘inidan so‘ng to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l olishadi. Aynan mana shu dunyo birinchiligida sportchilar kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga dastlabki yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi. Yig‘inga jo‘nab ketgan va JCHda ishtirok etadigan tarkibimiz quyidagicha:

M4 (qayiq turi): Alisher Turdiyev, Sardor To‘lqinxo‘jayev, O‘ktamjon Davronov, Dostonjon Bahriyev.
M1x: Shahboz Xolmurzayev
LM1x: Shehroz Hakimov
LM2x: Yevgeniy Agofonov, Shahzod Nurmatov

Manba: Olympic
Kiritildi: 20:34, 30.07.2019.
O'qildi: 1746 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.