Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Varan: «Zidan nima qilayotganini biladi»

Varan: «Zidan nima qilayotganini biladi»

Baho:
+ | -

"Real" himoyachisi Rafael Varan mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidagi salbiy natijalardan xavotir olmaslik kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" 4ta nazorat o‘yinini o‘tkazib, ulardan 3tasida yutqazdi. "Arsenal" bilan o‘yin durang bilan yakunlanib, madridliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishgan edi.

"Muxlislar bizdan nima kutayotganini yaxshi tushunaman. Shuni aytishim mumkinki, ham jismonan, ham taktik jihatdan kuchli bo‘lish uchun sidqidildan ishlayapmiz. Xotirjamlikni va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishimiz kerak. Xatolarni to‘g‘rilaymiz. 2017 yilda ham "Real" mavsumoldi yig‘inni shunday boshlab, keyinchalik bir nechta sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Mavsum boshlanishiga qadar tayyor bo‘lamiz. Zidan xavotirga tushayotgani yo‘q. U bizni xotirjamlikka chorlamoqda. Nimalarga qodirligimizni yaxshi bilamiz. Zidan nima qilayotganini biladi", - dedi Varan "Marca" nashriga bergan intervyusida.

"Real" mavsumdagi dastlabki o‘yinni 18 avgust kuni "Selta"ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 11:53, 31.07.2019.
O'qildi: 4863 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик