Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

AGMK - "Andijon": Prevyu

AGMK - "Andijon": Prevyu

Baho:
+ | -

Mazkur qarama-qarshilik tarixida hozirga qadar 17 uchrashuv o‘tkazilgan.

AGMK "Andijon"ga qarshi o‘yinlarda 10 marotaba zafar quchgan. Yubiley 10-g‘alabaga yaqindagina Andijonda o‘tgan birinchi davra doirasidagi bahsda erishilgandi. "Andijon" esa jamoamiz ustidan 4 bor g‘alaba nashidasini surishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur g‘alabalarga "Andijon" jamoasi 2008, 2009, 2010 va 2011 yillardagi mavsumda, o‘z uyida kechgan bellashuvlarda erishgan. Ya’ni, AGMK Olmaliqda "Andijon"ga hech bo‘yin egmagan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi qolgan 3 uchrashuvda esa durang natijasi qayd etilgan. Mazkur murosa yo‘liga kelingan 3 bellashuvdan ikkitasi (2014, 2016) Olmaliqdagi bahsda sodir bo‘lgan. Andijonda esa jamoalar bir marotaba, ya’ni 2014 yilgi mavsumda durang qayd etishgan. Qizig‘i, 2014 yilgi mavsumdagi har ikkala bahsda ham g‘olib nomi aniqlanmagan.

Shu tariqa mazkur qarama-qarshilikdagi sezilarli ustunlik jamoamiz tarafida. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ko‘rsatkich tabiiyki AGMK foydasiga xizmat qilmoqda: 30-20.

Mazkur o‘yinga jamoalar ikki xil kayfiyatda kelishmoqda. Superliganing ikkinchi davrasidagi ilk turda jamoamiz Bekobodda hakamlik qurboniga aylanib mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, "Andijon" o‘z uyida kechgan bahsda "Buxoro"ni (2:0) taslim etdi. E’tiborli tarafi, ikkinchi davraga tayyorgarlik bosqichi doirasida jamoamiz ham "Buxoro"ga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazgan va xuddi "Andijon" kabi 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgandi. Aleksandr Xomyakov jamoasi rossiyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘zining ilk g‘alabasini o‘tgan turda rasmiylashtirdi. Bu g‘alaba "Andijon" uchun mavsumdagi ikkinchisiga aylandi.

AGMK - "Andijon" uchrashuvi qiziqarli kechishiga bir qancha omillar mavjud. Birinchi navbatda har ikkala jamoaga ham ochko suv va havodek zarur. Shuningdek, jamoalar turnir jadvalida bir xil ochko jamg‘argan holda "qo‘shni"ga aylanishgan. Bu esa mazkur to‘qnashuv qadrini ikki hissaga oshiradi va Olmaliqdagi bahs tabiiyki 6 ochkolik o‘yinga aylanadi.

Jamoamiz "Andijon" ustidan birinchi davradagi muvaffaqiyatni takrorlash uchun jiddiy bel bog‘lagan.

Qayd etish kerakki, bu uchrashuvda jamoamizni bosh murabbiy Mirjalol Qosimov diskvalifikasiya tufayli boshqarib tushmaydi. "Metallurg" bilan o‘yinda olingan qizil kartochka evaziga Mirjalol Qosimov o‘yinni tribunada kuzatadi.

Mazkur o‘yinda jamoamiz o‘zining an’anaviy sariq rangli libosda harakat qiladi. "Andijon" esa oq libosda maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, AGMK - "Andijon" uchrashuvi 31 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK "Markaziy" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 17:32, 31.07.2019.
O'qildi: 2321 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик