Super og‘ir vazn toifasida rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning (34-2, 24 KO) navbatdagi raqibi Xyui Fyuri (23-2, 13 KO) bo‘lishi mumkin.
Bu haqda rossiyalik promouter Vadim Kornilov ma’lum qildi.
Katta ehtimol bilan, navbatdagi raqib Xyui Fyuri bo‘ladi. Keyinroq buni tasdiqlaymiz, dedi Kornilov.
Malumot uchun, Povetkin 31 avgust kuni Londonda Lomachenko - Kempbell jangi kechasida ringa ko‘tariladi.