Kirish Ro'yxatdan o'tish

RPL. Shomurodovning goli «Rostov»ga durangni taqdim etdi

RPL. Shomurodovning goli «Rostov»ga durangni taqdim etdi

Baho:
+1 | -

Rossiya Premyer-Ligasida 4-tur o‘yinlari start oldi. «Rostov» mehmonda «Ural» bilan to‘qnash kelib, durangga imzo chekdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa rostovliklar tomonidan uyushtirilgan chiroyli kombinasiyani Eldor Shomurodov aniq zarba bilan golga aylantirdi.

O‘yin tugashiga 9 daqiqa qolganida "Ural" ikkinchi golni urib, yana hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan 4 daqiqa o‘tib "Rostov" hujumchisi Sigurdarson muvozanatni tiklovchi gol muallifiga aylandi. Shomurodov bu o‘yinda to‘liq harakat qildi.

Bugungi natijadan so‘ng «Rostov» 8 ochko bilan 2-o‘rinda, «Ural» esa 7 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

RPL, 4-tur
Ural – Rostov 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 14 Panyukov, 1:1 – 67 Shomurodov, 2:1 – 81 Ilin, 2:2 – 85 Sigurdarson.
Ural – Godzyur, Kulakov, Aroyan, Merkulov, Yemelyanov, Augustinyak, Bikfalvi, El-Kabir (Bavin, 33), Fidler, Dimitrov (Egorichev, 82), Panyukov (Ilin, 72).
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Sigurdsson, Chernov, Chistyakov, Ionov (Sigurdarson, 61), Popov, Yeremenko, Normann, Bayramyan (Saplinov, 72), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Aroyan (20), Normann (44), Yemelyanov (52), Shomurodov (60), Bavin (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:27, 03.08.2019.
O'qildi: 5506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик