Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 1-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 0-0 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 0-1 Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Deyan Jurjevich: “Jamoamiz – bir oila”

Deyan Jurjevich: “Jamoamiz – bir oila”

Baho:
+ | -

Coca Cola O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (3:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “lochinlar” ustozi Deyan Jurjevich va mazkur o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Ivan Solovyov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi.    

Deyan Jurjevich: - Bu jamoamizning murabbiyligim qo‘l ostidagi o‘z maydonimizdagi birinchi g‘alabasi bo‘lganligi uchun uchrashuv natijasidan qoniqish hosil qildim. Yigitlarga ruhiy tarafdan biroz madad, o‘zlariga bo‘lgan ishonch kerak edi va buni ular uddasidan chiqishdi. Afsuski, jamoamizning muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Aleksandr Kasyan o‘yinning boshlarida jarohat olib, safdan chiqdi. Umid qilamanki, boshqa shogirdlarim uning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilishadi.   

Uchrashuvning oson kechmasligini bilardim. Boisi, farg‘onaliklar “Navbahor”ga doimo munosib qarshilik ko‘rsatishgan. Bundan tashqari, bu “vodiy derbisi” edi.  Ammo ushbu o‘yinda biz favorit edik hamda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Lekin uchrashuvning so‘nggi 15 daqiqasida shogirdlarim namoyish etgan o‘yindan ko‘nglim to‘lmadi. Professional jamoa bunday o‘yin namoyish etmasligi kerak. Ushbu kamchilikni jamoamiz a’zolari bilan muhokama qilib, kerakli xulosalar chiqaramiz.

Asosiysi, yutuqqa erishdik hamda ushbu g‘alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Jamoamiz - bir oila va barcha futbolchilar bir-biri bilan ahil - inoq. Muhit ham a’lo darajada.

Ivan Solovyov: – So‘nggi bahslarda ijobiy natija qayd etolmayotganimiz uchun  mazkur bahsda zafar quchishimiz shart edi. Maydonga ham faqat g‘alaba ishtiyoqida tushgandik. Niyatimizga yetib, ushbu o‘yinda yutuqqa erishdik.

Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga rahmat!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:56, 05.08.2019.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик