Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Ro‘ziqul Berdiyev: «O‘zbekiston Kubogi uchun kurash qizg‘in kechadi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «O‘zbekiston Kubogi uchun kurash qizg‘in kechadi»

Baho:
+ | -

Coca-Cola O‘zbekiston kubogi 1/8 final uchrashuvidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” bellashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bugungi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Keyingi etapga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklayman. Muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular bizni har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bugungi bellashuv bizning ustunligimizda o‘tdi. Yigitlar shoshilmasdan xotirjamlik bilan harakat qilishdi. Bugungi bahs bitta o‘yindan iboratligi yigitlardan hujumdan tashqari himoyada ham tartibli o‘ynashni talab qilardi. Ular buni uddalashdi. Agar bugun shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yganimizda bizga ham qiyin bo‘lardi. Futbolchilarimizning xotirjamlik bilan tartibli futbol namoyish qilganliklari uchun ishonchli g‘alabaga erishdik. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:32, 05.08.2019.
O'qildi: 2749 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик