Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘FA Etika Qo‘mitasi totalizatorda ishtirok etgan murabbiy va futbolchini diskvalifikasiya qildi

O‘FA Etika Qo‘mitasi totalizatorda ishtirok etgan murabbiy va futbolchini diskvalifikasiya qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri futbolimizni orqaga tortayotgan illatlardan bo‘lgan kelishilgan o‘yinlar va totalizatorda ishtirok etish kabi holatlarga qarshi keskin kurash olib borish. Shu maqsadda faoliyat olib borayotgan Etika qo‘mitasi yana bir holatni aniqladi va jazo belgiladi.

Unga ko‘ra, “Oq-tepa” klubining sobiq bosh murabbiyi Yaroslav Krushelniskiy 1 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi. 2019 yil 12 iyun kuni o‘tkazilgan “Oq-tepa” va “Iftixor” futbol klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Krushelniskiy murabbiy bo‘la turib totalizator o‘yniga aralashgani ma’lum bo‘ldi. Jazo tayinlashda Yaroslav Krushelniskiyning o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligini inobatga olindi.

O‘sha uchrashuvda “Iftixor” klubi sharafini himoya qilgan, hozirda esa “Qizilqum” jamoasida faoliyat olib borayotgan Nodir Kamolov ham totalizator o‘yini ishtirokchisiga aylangani aniqlandi. Kamolov ham o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligi uchun Qo‘mita tomonidan O‘FA intizom kodeksining tegishli bandiga asosan olti oy muddatga muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

O‘FA Etika Qo‘mitasi futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilarni professionallik, tartib-intizom va halollik qoidalariga rioya qilgan holda ishlashga chaqiradi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:33, 05.08.2019.
O'qildi: 3977 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик