Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Superliga. Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogarlar

Superliga. Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogarlar

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.

Joriy yildan e’tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Ortda qolgan iyul oyida Superligada 2 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Quyida oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxati taqdim etiladi:

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar:

Nomzod

Klub

Erishdi

Vadim Abramov

«Bunyodkor»

2 g‘alaba

Andrey Shipilov

«Metallurg»

2 g‘alaba

Shota Arveladze

«Paxtakor»

2 g‘alaba

Ulug‘bek Baqoyev

«So‘g‘diyona»

2 g‘alaba

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:10, 06.08.2019.
O'qildi: 4909 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.