Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklarni namoyish etishda davom etamiz.

«Kristal Pelas» rus futbolchisiga qiziqib qoldi

Angiliyaning «Kristal Pelas» jamoasi bugun Moskvaning «SSKA» jamoasi hujumchisi Fedor Chalov borasida ikkinchi taklifni tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, klub «armiyachilar»ga 25 million funt taklif qilmoqchi.

Bundan avvalroq «SSKA» ingilizlarning 20  millionlik taklifini rad etgan edi. Shunday bo‘lsada, ikkinchi taklif ruslarni qoniqtirsa, futbolchining o‘zi boshqa klubda to‘p surish ishtiyoqida yonmoqda. Umumiy qilib aytgada, ertaga Chalov uchun juda muhim kun va u bir sutkadan so‘ng APL klublaridan biriga o‘tib ketish imkoniga ega. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Ayaks» yangi futbolchi olmoqchi

Gollandiya klubi Doni van De Bekning o‘rnini bosa oladigan futbolchini nishonga oldi. Xabaringiz bor klub o‘z futbolchisi «Real Madrid»ga pullashga tayyor va «qirollik klubi»dan taklif kutmoqda. Agarda hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, ertaga futbbolchi «Real Madrid» jamaosi tomonidan tibiiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin. Voqealar rivoji shunday ko‘rinish olsa, «Ayaks» ketgan futbolchining o‘rnini Belgiyaning «Bryugge» jamoasi yarim himoyachisi Hans Vanken bilan to‘ldirishini reja qilmoqda. 26 yoshlik futbolchi Belgiya chempionatining ilk ikki turida raqiblar darvozasini 3 bor ishg‘ol qilib to‘purarlar orasida peshqadamlik qilmoqda.

«Spartak» yana ikkita transferni amalga oshirmoqchi

Bu transfer oynasida o‘zining chaqqonligi bilan Rossiya klublari orasida yetakchilik qilayotgan «Spartak» jamaosi transfer oynasi yopilguniga qadar yana ikkita futbolchini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.

Rus nashrlari tarqatgan xabarlarga qaraganda, klub «Slaviya» jamoasining ikki futbolchisini qo‘lga kiritishni reja qilmoqda. Unga ko‘ra, moskvaliklarning nishonida Chexiya klubi yarim himoyachisi Tomash Souchik va himoyada o‘ynovchi Aleks Kral turibdi.

«Spartak» ikkita futbolchi uchun 11 million yevro taklif qilmoqda. Chexlar bu taklif borasida ertaga javob qaytarishlari borasida bayonot berishgan. Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Everton»ning ishtaxasi ochildi

Liverpul shaxrining "Everton” jamoasi Moyze Kindan so‘ng, yana bir katta transferni amalga oshirishga shoshilishmoqda.

Jamoa avvalroq «Arsenal» yarim himoyachisi Aleks Ivobi uchun 30 million funt taklif qilgan bo‘lsada, rad javobini olgan edi. Endi klub ikkinchi taklifni «to‘pchilar»ga jo‘natdi. Unga ko‘ra, «Everton» endilikda 40 million funtdan voz kechsiga tayyor ekanliklari borasida rasman e’lon qilishdi.
«Everton» butun transfer oynasi davomida «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Zahani qo‘lga kiritishga urungan bo‘lsada, maqsadiga yeta olmadi. Endi jamoa transfer oynasining so‘nggi kunini aynan Ivobini qo‘lga kiritishga bag‘ishlaydi.

«PSJ» jamoasi darvozabon izlamoqda

Parij klubi hali – hamon o‘zi uchun birinchi raqamli darvozabonni izlashda davom etmoqda. Endilikda «PSJ» rahbarlari bor e’tiborlarini «Milan» klubi darvozaboni Donnarummaga qaratishga qaror qildi.
Klub shu kunlarda «Milan»ga rasmiy taklif bilan chiqadi – deb xabar tarqatmoqda «LE quipe» nashri.
Parij klubi Alfons Areolaning salohiyati asosiy tarkibga mos emas deb hisoblamoqda va tez orada Donnarumma borasida fantastik taklif bilan chiqishga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:21, 08.08.2019.
O'qildi: 10251 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.