Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Atletik Bilbao 3-1 Rayo Valyekano
14/04 19:00 Indoneziya 0-6 KXDR
14/04 22:15 Tojikiston 2-2 Janubiy Koreya
14/04 23:45 Napoli - Empoli
15/04 00:00 Bornmut - Fulhem
15/04 00:00 Atletiko - Valyadolid
15/04 23:59 Borussiya D - Barselona
15/04 23:59 Aston Villa - PSJ
16/04 23:30 Nyukasl - Kristal Pelas
16/04 23:59 Real Madrid - Arsenal
16/04 23:59 Inter - Bavariya

Jaloliddin Masharipov – iyul oyining eng yaxshi futbolchisi

Jaloliddin Masharipov – iyul oyining eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an’anani davom ettirilmoqda. Joriy yildan e’tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Artel  savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etib kelyapti.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari quyidagicha: Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Ortda qolgan iyul oyida Coca Cola Superligada 2 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Oyning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Paxtakor” jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov (2 o‘yin, 1 gol + 2 assist) eng ko‘p ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va iyul oyining eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:28, 09.08.2019.
O'qildi: 2660 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz