Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Raqamlarning salobatini ko‘tara olmagan futbolchilar

Raqamlarning salobatini ko‘tara olmagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Futbol olamida shunday raqamlar bor-ki, ularni qolgan raqamlar bilan bir qatorga qo‘shish aslo mumkin emas. Ayniqsa «ko‘hna qit’a» klublari o‘z afsonalari to‘p surgan raqamlarni iloji boricha eng kuchli futbolchilarga taqdim etishga urunishadi. To‘g‘ri, ba’zan raqamlarning yangi egalari ishonchni to‘liq oqlashi mumkin, lekin har doim ham emas. Bugun ana shunday o‘z raqamining bosimiga bardosh bera olmagan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Rayan Giggz va 11-raqam

«Manchester Yunayted» jamoasi sharafini 24 yil mobaynida himoya qilgan Uels va «qizil iblislar» yetakchsi o‘zi to‘p surgan 11-raqamni deyarli super darajaga olib chiqa oldi. Klublar o‘rtasidagi deyarli barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan futbolchi «Manchester Yunayted»ning chinakam afsonasiga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas. Qahramonimiz o‘z kariyerasini yakunlagach, ko‘plab muxlislar tomonidan u 24 yil mobaynida to‘p surgan 11-raqamni «muzlatib» qo‘yish taklifi olg‘a suriladi. Rahbariyat ham bu tashabbusga monelik qilmaydi. Eng qizig‘I shundaki, shaxsan Giggzning o‘zi bu fikrga qo‘shilmaydi va o‘zining sodiq raqamini yangi avlod uchun muomilaga kiritilishini istadi.
Ushbu raqamdagi futbolchining o‘yinlarini ko‘rishga o‘rganib qolgan «Old Trafford» endi Adnan Yanuzayning ikkinchi Giggzga aylanishini kuta boshlaydi. Afsuski, belgiyalik iqtidor egasi klubdagi o‘z o‘rnini yo‘qotib qoyadi va zahira o‘yinchisiga aylanib qoladi. 2015-yilda esa, «Manchester Yunayted» uni «Borussiya Dortmund»ga sotib yubordi. Shu bilan Giggzning afsonaviy raqami ko‘p o‘tmay odatiy raqamlar qatoridan joy oldi.

Dennis Berkamp

Uchmas golland laqabi bilan futbol olamida katta mashhurlikka erishgan futbolchi 20-asr so‘nggi va 21-asr boshida «Arsenal»ning chinakam yetakchsi edi. Faqat chiroyli gollar uradigan hujumchi 10-raqamning salobatini va ma’suliyatini chuqur his etar, doimo o‘z raqamiga monand kuchli futbol namoyish etishga intilar edi.
2006-yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan Dennis muxlislarning olqishlari ostida butsalrini mixga ildi. Eng qizig‘I shundaki, undan so‘ng «Arsenal» bu raqamni fransiyalik himoyachi Villiyam Gallasga topshirdi. Himoyachi qanchalar yuqori sifatli futbol namoyish etmasin, 10-raqamga mos tusha olmadi. Istagan taqdirida ham bu raqamga mos bo‘la olmas edi…
Shunga qaramasdan, alohida qayt etij joiz-ki, Galasa «Arsenal»ga kelguniga qadar 15 ta gol kiritgan bo‘lsa, «to‘pchilar» safida 14 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramonimiz ushbu ishi bilan 10-raqamga munosib bo‘lishga urungan bo‘lsa, ajab emas. :)

Alan Shirer va 9-raqam

2006-yilda o‘z faoliyatiga nuqta qo‘ygan Angiliya futboli afsonasi Alan Shirer 10 yil davomida «Nyukasl» jamoasida to‘p surganidan xabaringiz bor. Uzoq muddatli kariyerasi davomida futbolchi 9-raqamga shu qadar o‘rganib qoldiki, tinmay gol uraverdi. Yoshi o‘tib qolgan bo‘lsada, futbolchi o‘zining so‘nggi mavsumlarida ham klassik hujumchilarning raqamiga mos o‘yin ko‘rsatishda davom etdi…
Undan so‘ng, «Nyukasl» bu raqamning egasini shu kunlarga qadar topa olmayapti. Obafime Martins, Keroll, Gayl, Rondon…
Shunday bo‘lsada, jamoa o‘zi uchun Shirerning izdoshini qidirishda davom etmoqda. Klubning hozirgi moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib  shuni aytish mumkin-ki, bu jamoa hali bu raqamning haqiqiy egasini uzoq qidirishiga to‘g‘ri keladi.

Andrey Shevchenko va 7-raqam

Gap 7-raqam haqida borar ekan, Ukrainalik futbolchini esalb o‘tishimiz shart! Jamoga yangi kelgan futbolchi o‘z xohishi bilan 7-raqamni egallaydi va mo‘’jizlar yaratishga tushib ketadi. «Milan» aynan Sheva davrida o‘zining eng qudratli darjasiga chiqqadi. Futbolchi «Chelsi»ga o‘tib ketgach, klub uning raqamini Rikardo Oliveyraga taqdim etadi. Afsuski, futbolchi bir mavsum ham yuqori formada to‘p sura olmadi. Undan so‘ng Robino va Pato 7-raqamga munosib bo‘lishga harakat qilgan bo‘lsada, buni uddalay olishmadi. Afsuski, «Milan» klubi ham 7-raqamning chinakam egasini izlashda davom etmoqda.

Ronaldu va 7 raqam

Bu mavzu haqida alohida maqola talab etilsada, qisqacha to‘xtalib o‘tishga qaror qildik. Ronaldu «Real Madrid»ni yangi darjaga olib chiqa oldi desak, adashamgan bo‘lamiz. Futbolchi o‘zining fantastik o‘yinlari bilan «Real Madrid»ning bir nechta rekordlariga ulkan xissa qo‘shdi. U «Yuventus»ga o‘tib ketgach, futbol ommasi 7-raqamning taqdiri qanday ko‘rinish olishi bilan juda qiziqqani rost. Eng achinarlisi shundaki, «Real Madrid» Ronaldu davrida o‘zining eng pik formasiga ko‘tarilgan 7-raqamni Mariano Diazga topshirdi. Florentina Perezning bunday yo‘l tutishi ko‘plab muxlislarda norizilik tug‘dirgan bo‘lsada, klub o‘z qarorini o‘zgartirmadi.
Diaz 7-raqamni oqlash uyoqda tursin, jamoaning asosiy tarkibidan ham muqim joy olishni uddalay olmadi. Oqibatda, klub uning raqamini jamoaning yangi o‘yinchisi Eden Azarga olib berdi. O‘zi shundoq ham katta bosim ostida qolgan Azar endilikda 7-raqamga munosib bo‘lish maqsadida yanada ko‘proq ter to‘kishi talab etiladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:37, 09.08.2019.
O'qildi: 11124 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.