Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

Bugun APL start oladi. Bizni nimalar kutmoqda?

Bugun APL start oladi. Bizni nimalar kutmoqda?

Baho:
+ | -

Oxirgi yillarda sovrinlarning eng zo‘ri «Real» va «Barselona»dan boshqa Yevropa jamoalariga ortmayotgandi. Biroq o‘tgan mavsum butunlay boshqacha futbol ko‘rdik: ham Chempionlar ligasi, ham Yevroliga finalida inglizlar sovrin uchun kurashdi, qaynoq premyer-liga bahslarini hali unutganimiz yo‘q — chempion oxirgi turda aniqlandi. «Liverpul» va «Manchester Siti» kimo‘zarga bahslashdi, uloq oxiri bir ochko ko‘p to‘plagan Pep Gvardiola jamoasida ketdi. Bu o‘tgan mavsum edi, endi-chi — 2019/2020 mavsumida bizni nimalar kutyapti? «Life» tahlili ana shu haqda.

Yana «sug‘ur kuni»-mi?

Yangi mavsum favoritlari sifatida yana «Manchester Siti» va «Liverpul» ko‘rilmoqda. Yana Gvardiola jamoasining imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. O‘sha-o‘sha kuchli tarkibga Rodri va Kanselu kelib qo‘shildi, Kevin De Bryuyne tiklanib oldi. Chempionat starti arafasida kayfiyat a’lo: asosiy raqib — «Liverpul» superkuboksiz qoldirildi.


Bu yilgi mavsumning qiziq jihatlaridan biri: Gvardiola ser Aleks Fergyusonning rekordini yangilay oladimi? Faqat ugina APLni qatorasiga uch marta yuta olgan, kamiga ikki marta (1999, 2000, 2001 yillarda hamda 2007, 2008, 2009 yillarda). Pep esa Ispaniya chempionatini qatorasiga uch marta yutgan (2008/09, 2009/10, 2010/11 yillar). Xullas, tajribasi yetarli.

Muhammad Saloh yana eng zo‘r bo‘ladimi?

Ikkinchi favorit — «Liverpul» masalasi bir oz og‘irroq. Bir qarashda eng zo‘r hujumchilar Kloppda (Saloh va Sadio Mane), ammo «qizillar» «Man Siti» darajasiga chiqishi uchun nimadir yetishmayotgandek. Jamoani yaxshigina kuchaytirishga to‘g‘ri keladi.

Nima bo‘lgandayam Klopp va Gvardiola qarama qarshiligini orziqib kutamiz, tan olaylik, bu bir paytlardagi Gvardiola vs Mourinyudan aslo kam emas.

Yangi mavsumda futbol muxlislarini qiziqtirayotgan savollardan yana biri Muhammad Saloh va uning to‘purarligidir. Uchinchi mavsum ham qatorasiga u eng yaxshi bo‘la oladimi? APL tarixida faqat Alan Shirer va Tyerri Anri qatorasiga uch yil «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritishgan.


«Katta oltilik»

Chempionlikka kurashuvchilar qatoriga bo‘lmasayam, hech qursa medallar uchun kurashuvchilar qatoriga «Tottenhem»ni qo‘shib qo‘yish mumkin. Tarkib aytarli o‘zgarmadi, holbuki so‘nggi daqiqalargacha «Yuventus»dan Paulo Dibala sotib olinishi haqidagi gap-so‘zlar to‘xtamadi, transfer oynasi esa yopilib bo‘ldi, demak, bitim yo‘q. Butun og‘irlik yana Angliya milliy jamoasi sardori Garri Keyn yelkasida qoladi, shekilli.

O‘tgan mavsumda «shporlar» bittayam uy o‘yinini yutqazishmadi. Bu yil ham shu ishni uddalay olishsa, yuqoriroqni mo‘ljallashsayam bo‘laveradi.


«Katta oltilik»dagi boshqa jamoalarning ahvoli havac qilarlik emas. Masalan, «Chelsi» yetakchisiz qoldi — Azar «Real»ga o‘tib ketdi, klubga boshqa yangi o‘yinchilarni olib kelishga ruxsat berilgan emas. Frenk Lempard nima qilarkin?

«Manchester Yunayted» Sulsher kelganidan beri barqaror yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti. Jamoadan ketishini bildirgan belgiyalik Romelu Lukaku transfer yopilishi arafasida «Inter»ga ketib qoldi. Ammo Pol Pogba bor. Bosh murabbiy bilan o‘zaro tushunmovchiliklar katta ichki nizoga aylanib ketmaydimi — vaqt ko‘rsatadi.

Londonning «Arsenal»i bu yil faqat David Luisni jamoaga jalb eta olgani bilan maqtana oladi. Unai Emeri nimalarga qodirligini bilamiz. Aftidan, mo‘ljal — Yevropa ligasi kubogi.

Top-klublardagi nobarqarorlik nazarda tutilsa, boshqa jamoalarda ham «katta oltilik»ka kirish imkoniyati bor.

Nimayam derdik, yangi sensasiyalarni kutamiz. Oldinda — Angliya premyer-ligasi!

Birinchi tur jadvali

9 avgust

«Liverpul» — «Norvich»

10 avgust

«Vest Hem» — «Manchester Siti»

«Kristal Pelas» — «Everton»

«Byornli» — «Sautgempton»

«Uotford» — «Brayton»

«Bornmut» — «Sheffild»

«Tottenhem» — «Aston Villa»

11 avgust

«Lester» — «Vulverhempton»

«Nyukasl» — «Arsenal»

«Manchester Yunayted» — «Chelsi»

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 21:58, 09.08.2019.
O'qildi: 4680 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.