Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Soyada qoluvchi futbolchilar

Soyada qoluvchi futbolchilar

Baho:
+ | -

Futbol muxlislaring katta qismi hujumchilarning gollaridan, himoyachilarning ishonchli o‘yinlaridan yoki darvozabonlarning ajoyib seyvlaridan rohat olishadi. Shunday bo‘lsada, bu sport turida jamoaning g‘alabasi uchun eng katta hajmdagi ishni amalga oshirsada, doimmo soyada qolib ketadigan futbolchilar mavjudligi haqida hamma ham o‘ylab o‘tirmaydi. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

Serhio Buskets

Bu futbolchiga razm solib qarang! Tezlik, tehnika, zarba, uzoq masofaga to‘p yetkazib berish singari futbolchi uchun juda muhim sanalgan jihatlarning birortasiga ega bo‘lmasdan turib «Barselona» jamoasining ulkan g‘alabalariga fantastik ulush qo‘sha olgan futbolchi.
Darhaqiqat, uning ko‘zga ko‘rinmasda, ulkan mehnati evaziga «Barselona» daxshatli mavsumlarni o‘tkazdi, Ispaniya terma jamoasi JCH va qit’a birinchiligida 2 bor zafar quchdi. O‘z vaqtida Grardiola tomonidan 100 million yevroga ham sotilmaydigan o‘yinchi deb tariff berilgan ispanyalik futbolchi tayanch zonasidagi eng kuchli futbolchilardan biri desak, adashamagan bo‘lamiz. Uning mehnatlari evaziga Ispan futboli oldinga qadam tashladi. Maydonda va ekranda kam ko‘rinadigan yigitning klub uchun qanchalar muhim ekanligini ortiqcha ta’riflashning xojato yo‘q chamamda!

Tiago Alkantara

Yana bir ko‘rimsiz yulduzlardan biri. Futbolchi maydon markazida harakat qilsada, hujumlarga tez-tez qo‘shilib turadi. Shunindek, qarshi hujumlarni tashkillshtirish borasida ham chakki emas. Uning eng muhim ustunliklaridan biri aniq uzun paslari. Gap shundaki, futbolchi «Bundesliga»ning so‘nggi mavsumida uzun paslarning aniqligi va oldinga tashlangan aniq paslarning aniqligi borasida mutloq rekord o‘rnatdi. Ispaniyalik futbolchi tomonidan tashlab berilgan uzatmalarning 93 foizi aniq manzilga yetib borgan. Afsuski, futbol muxlislari har safar ham bunday statistikaga e’tibor qaratavermaydi. Oqibatda g‘alaba uchun eng katta hissa qo‘shadigan futbolchilar gol urgan jamoadoshlarining soyasida qolib ketaverishadi.

Allan-«Napoli»

Mana bir necha yillardan beri «PSJ» jamoasi transfer nishoni bo‘lsada, o‘z klubiga sodiqligini salqab qolayotgan Allan ushbu ro‘yxatdan haqli ravishda joy oladi.
«Napoli» ruliga Karlo Anchelottining kelishi bilan Allan o‘zini yanada yorqinroq ko‘rsata boshladi. Raqib hujumini buzish va katta tezlikda yangi hujum boshlay oladigan tayanch yarim himoyachisining o‘yinlari kishini hayron qoldiradi. Braziliyalik futbolchi ajoyib tehnikasi yordamida markaziy zonaning o‘zidayoq uzun paslar bilan havfli hujum boshlay oladi. Bundan tashqari futbolchi Anchelotti tomonidan ko‘rsatma berilsa, hujumkor yarim himoyachiga ham aylana oladi. Umumiy qilib aytganda istalgan murabbiyning orzusidagi futbolchi!

Saul Nigez

Simione tomonidan, qanotda, markazda, hujumda, hujum ortida, tayanch zonasida sinab ko‘rilgan Saul biror marotaba pand berib qo‘ygani yo‘q. Uning unversalligi haqida so‘z ketganida shuni aytij joiz-ki, Saul 19 yoshidan beri «Atletiko Madrid» uchun eng muhim futbolchilardan biri sifatida qayt etib kelinmoqda. Futbolchi qaysi zonada o‘yin ko‘ngildagidek chiqmasa, aynan shu pozisiyaga tashlanishiga o‘rganib ham qolgan. Bejizga transfermarket sayti spaniyalik futbolchilar orasidagi aynan uni eng qimmati futbolchi deb e’lon qilmagan!

Ngolo Kante

Klod Makalelening chinakam izdoshi sifatida «Lester» safidagi o‘yinlari bilan katta futbolga kirib kelgan qahramonimiz hozirda Londonning «Chelsi» jamosining tom ma’nodagi yuragi sanaladi. Darhaqiqat, Ngolo o‘z klubidan tashqari terma jamoasi uchun ham eng muhim sanalgan Mundial g‘olibligi uchun ham ulkan hissa qo‘sha oldi. Ayniqsa, Argentina terma jamoasiga qarshi uchrashuvda qahramonimiz Messini zararsizlantirishning uddasidan chiqdi va jamaosi uchun JCHdagi eng og‘ir kechgan uchrashuvda g‘alaba qozinishini to‘liq ta’minlab berdi. Shunday bo‘lsada, Ngolo o‘sha Mundial qahramonlari sifatida kamdan-kam xollardagina tilga olinadi.

Uning maydon markazida juda katta ko‘lamdagi ishni bajarishi evaziga «Chelsi» kuchli raqiblarga qarshi ishonch bilan to‘p sura oladi. Shu o‘rinda futbolchining jismoniy xolati haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Kichik jussali bo‘lishiga qaramasdan fransuz yakka kurashlarda juda faol. Bundan tashqari uning istalgan daqiqada hujumkor o‘yinchiga aylanishi vaziyat taqozo etganda juda qo‘l kelishi mumkin. Hozirda futbolchi uchun «Real Madrid», «PSJ» singari super klublar og‘iz solishgan bo‘lsada, «Chelsi» uni qo‘yib yuborishni xohlamaypti. To‘g‘risiyamda! Kim ham bunday foydali futbolchini boshqa klubga o‘tib ketishini istagan bo‘lar edi?!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:18, 10.08.2019.
O'qildi: 8147 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.