Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

APLdagi yangilar

APLdagi yangilar

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Kuni kecha start olgan APL bir-biridan qiziqarli o‘yinlarni taqdim etishda davom etishi aniq. Yangi mavsumda APL klublari tomonidan xarid qilingan eng ajoyib 5 ta futbolchini ajratib oldik. Hozir saytimiz tomonidan tuzilgan  «top 5» bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Ndombele(60 million yevro) – «Tottenhem»

«Lion»dan xarid qilingan futbolchi «Shporlar» uchun juda katta ustunlik beribgina qolmay, APl o‘yinlarini bezab berishi aniq. Gap shundaki, Ndombele himoyada qanchalar foydali bo‘lsa, hujum yaratishda ham juda faol. Boz ustiga Pochetino futbolchilarning yangi qirralarini kashf etish borasida haqiqiy professional murabbiy. Shunday ekan, endiga boshlangan mavsumda Ndombele o‘zini yorqin ko‘rsatishiga bizning shubhamiz yo‘q. Shuningdek, «Tottenhem» bu mavsumda o‘z yetakchilarini olib qoldi va yangi mavsum oldidan imkon darjasida kuchayib olishni uddaladi. Endilikda klub yangi mavsumda faqat chempionlik uchun kurash olib borishi aniq! Bu esa, APLdagi intrigani yanada oshirishi turgan gap.

Rodri (70 million yevro) - «Manchester Siti»

Ispaniyalik yosh iqtidorni «Atletiko Madrid»dagi o‘yinlaridan so‘ng, ikkinchi Buskets deb atay boshlashdi. Darhaqiqat, Rodri maydon markazida juda ishonchli harakatlari bilan alohida ajralib turadi. Futbolchi o‘tgan mavsumda «La Liga» bahslarida har bir uchrashuvda o‘rtacha 92 foiz paslarni aniq uzatgan. Bundan tashqari, Rodi himoyada juda faol bo‘libgina qolmay jamoaning tezkor hujumlarini shakllantira oladi. Yaqinda «Liverpul»ga qarshi kechgan «super kubok» bahsida Rodri o‘zining o‘ta ishonchli o‘yini bilan «Man Siti» murabbiylar shtabining ishonchini to‘liq oqladi. Endilikda yoshi o‘tib borayotgan Fernandino sekin-asta o‘z o‘rnini yosh Rodriga bo‘shatib bersa, ajab emas.

Sebastian Alle (40 million yevro) – «Vest Hem»

O‘tgan mavsumning chinakam kashfiyotiga aylangan fransiyalik futbolchi o‘z kuchini APLda sinab ko‘rishdan zarracha cho‘chigani yo‘q. Allening o‘yin uslubi istalgan murabbiyning orzusi desak, adashmagan bo‘lamiz. U qanotda, hujum ortida, markaziy hujumda, xatto hujumkor yarim himoyachi sifatida ham harkatlana oladi. U to‘purar bo‘libgina qolmay, ajoyib paslarni ham ijro etishni uddalaydi. Eng quvonarlisi shundaki, APLdagi eng chiroyli jamoaviy o‘yin namoyish etadigan «Vest Hem» ustozi Pelligrini Alleni yangi darjaga olib chiqishi mumkin. Hujumchi o‘z ustida ishlasa, va endigina start olgan APL bahslarida o‘zini ko‘rsata bilsa, uning keyingi klubi albatta grand jamoalardan biri bo‘ladi.

Kristian Pulishich (64 million yevro) – «Chelsi»

«Chelsi» bu futbolchini qishda xarid qilgan va ijara asosida «Bundesliga»da qoldirgan edi. Mana endi 20 yoshlik futbolchining oltin davrlari boshlanmoqda. Gap shundaki, «Chelsi»ning uzoq yillar davomida yetakchiligini o‘z zimmasiga olgan Azarning klubdan ketgani Pulishichga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi turgan gap. Endigina boshlangan APL o‘yinlarida amerikalik futbolchini o‘zini to‘liq ko‘rsatishi uchun hamma sharoit mavjud. U Eden Azar Madridga ketgach  jamoaga kelib qo‘shildi,  «aristokratlar» bilan mavsum oldi o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘zini juda ijobiy tomondan namoyon eta bildi va muxlislarning yuraklarida umid uchqunini alangalatdi. Yangi mavsum oldidan Pulishich «Chelsi» muxlislarining yuraklarida Azardan so‘ng bo‘sh qolgan joyni to‘ldirishi lozim. Buni uddalash oson bo‘lmasada, Pulishich bunga urinib ko‘radi. Bu esa, futbolchiga bo‘lgan qiziqishni ikki barobar ko‘paytirishi aniq.

Nikola Pepe (80 million yevro) – «Arsenal»

Eng qizig‘i shundaki, Pepe ko‘plab grandlar e’tibor markazida turgan bo‘lsada, «Arsenal» safiga borib qo‘shildi. Futbolchining potensiali juda yuqori va u hali to‘liq kashf etilmagan chinakam yulduz. Pepe hujumda universal bo‘libgina qolmay jamoaviy o‘yinda ham yo‘qolib qolmaydi.
 Yangi mavsumda Emiri bu futbolchidan qay yo‘sinda foydalanishi ko‘pchilikda savol uyg‘otayotgan bo‘lsa, ajab emas. Pepe Obomiyang va Lagazzet bilan trio hosil qiladimi? Yohud zahiradan maydonga tushadigan 3 - hujumchi bo‘ladimi? Umuman olganda bu futbolchining «Arsenal»dagi kelajagi ko‘plab muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:04, 10.08.2019.
O'qildi: 5157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.