Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Deku "Barselona" uchun yulduz himoyachi topdi

Deku "Barselona" uchun yulduz himoyachi topdi

Baho:
+ | -

Leverkuzenning «Bayer» klubi futbolchisi Alexandro Grimaldo «Barselona»ga qaytishi mumkin.

«Ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku mudofaaning chap qanotini kuchaytirish uchun nomzodlar qidirmoqda — jurnalist Alfredo Martinesning xabar berishicha, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi asosiy variantlardan biri sifatida belgilangan. «Dorishunoslar» yulduzining shartnomasida 20 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan, biroq kelayotgan yozda futbolchini arzonroq narxga sotib olish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin.

Alexandro Grimaldo faoliyatining boshida «Barselona»ning dubl jamoasida to‘p surgan, ammo asosiy tarkibda birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Himoyachining «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:28, 23.03.2026.
O'qildi: 2359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик