Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Maurisio Sarri: «Yuventus» 6 nafar futbolchini sotishi lozim»

Maurisio Sarri: «Yuventus» 6 nafar futbolchini sotishi lozim»

Baho:
+ | -1

"Yuventus" bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoa hujumchisi Paulo Dibalaning kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Dibala endi ikkita mashg‘ulotda ishtirok etdi. Shu bois, u haqida nimadir gapirishga hali erta. Tabiiyki, u hali yaxshi formaga kirmagan. Bu narsa uning "aldamchi to‘qqizinchi raqamli futbolchi" vazifasini bajarishiga xalal bermoqda. Bu masalada men hech narsani hal qilmayman. Biz 6 nafar futbolchini sotishimiz kerak. Bor gap shu.

Men barcha futbolchilarni saqlab qolishni istardim. Ammo muammo shundaki, safimizda klub tarbiyalanuvchilari ko‘p emas — bor-yo‘g‘i bir nafar. Shu bois, Chempionlar ligasiga 3 nafar darvozabonni qo‘shib hisoblaganda 22 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishimiz mumkin.

Transfer muddati yopilgunga qadar bizni qiyin bo‘lgan 20 kun kutib turibdi. Bu vaqt davomida top-futbolchilarimizdan ayrilishimiz mumkin", - dedi Sarri Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 07:05, 11.08.2019.
O'qildi: 14682 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик