Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-0 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 0-0 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 3-0 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Futzal. AGMK chorak finalga chiqdi

Futzal. AGMK chorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha klublar o‘rtasida Osiyo chempionatida guruh bosqichi yakuniga yetib bormoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston chempioni — AGMK guruhning 3-turi doirasida Qatarning "Ar-Rayyan" klubiga qarshi bahs olib borib, g‘alaba qozondi.

O‘yin gollarga boy bo‘ldi. Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq qatarliklar gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan olmaliqlar ikkita gol bilan oldinga o‘tib olishdi. "Ar-Rayyan" qarshi hujumda tenglashtirgan bo‘lsa, Petrov shogirdlari tanaffusga qadar 3ta gol urib, 5:2 hisobida oldinga o‘tib oldi.

Vakillarimiz bu hisobdan xotirjamlikka berilishdi shekilli, ikkinchi bo‘limning dastlabki yarmini bo‘sh o‘tkazishdi. Natijada dohaliklar ketma-ket 3ta gol urib, muvozanatni tiklab qo‘yishdi.

Shundan so‘ng AGMK o‘yinga jiddiy yondasha boshladi. O‘zbekistonliklar keyingi daqiqalarda uyushtirgan hujumlarning ikkitasini samarali yakunlab, g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi — 7:5. Darvoqe, o‘yin so‘ngida qatarliklar darvozamiz tomon belgilangan dabl-penaltidan foydalana olishmadi — to‘p ustunga tegib qaytdi.

Shu tariqa, AGMK guruhda 6 ochko bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Guruh g‘olibligi esa Vyetnamning "Tay Son Nam"ga nasib etdi (9 ochko). Jamoamiz chorak finalda katta ehtimol bilan musobaqa mezboni — "Port" futzal klubiga qarshi maydonga chiqadi. Chorak final o‘yinlariga 14 avgustga belgilangan.

Futzal. Klublar o‘rtasida Osiyo chempionati, «B» guruhi, 3-tur.
"Ar-Rayyan" (Qatar) — AGMK (O‘zbekiston) - 5:7
Gollar: Tohiriy (1, 25), Safari (11, 23, 24) — Davron Choriyev (3, 13), Ilhomjon Hamroyev (5), Akbar Usmonov (17, 18), Husniddin Nishonov (28), Ixtiyor Ropiyev (35)
"Ar-Rayyan" — 1. Abdulrahmon al-Qahton, 12. Ahmad Xalil, 13. Ali al-Ajmi, 2. Maaz Yusuf, 3. Saad al-Mohannadiy, 4. Muborak al-Jarboiy, 5. Said al-Bulushi, 6. Muhammad Safariy, 7. Muhammad Tohiriy, 8. Abdulrahmon al-Yafiy, 9. Xazem Sami Salim, 10. Abdulloh Salim, 11. Rashid al-Boinin, 14. Muborak al-Muhaza.
AGMK (dastlabki beshlik): 1. Rustam Umarov (darvozabon), 4. Ixtiyor Ropiyev, 5. Ilhom Hamroyev, 6. Husniddin Nishonov, 7. Dilshod Rahmatov.
Zaxiradagilar: 2. Abbosbek O‘lmasbekov (darvozabon), 3.  Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 9. Alan Aminov, 10. Akbar Usmonov, 11. Timur Berdiyev, 12. Davron Choriyev, 13. Islombek Biyturayev, 14. Anasxon Rahmatov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:26, 11.08.2019.
O'qildi: 8513 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик