Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘FA hamda MOQ rahbariyati Olimpiya terma jamoa murabbiylari bilan uchrashdi

O‘FA hamda MOQ rahbariyati Olimpiya terma jamoa murabbiylari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar, o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib, oldindagi mas’uliyatli musobaqa – U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasi bilan tanishtirishdi.

MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovichga barcha masalalarda to‘liq ishonch bildirishi va qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tdi.

O‘z navbatida O‘FA hamda MOQ rahbariyati O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining qit’a chempionatiga munosib hozirlik olib borishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini bildirib, asosiy maqsad – Tailandda o‘tadigan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish va Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish ekanini aytib o‘tishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:58, 13.08.2019.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.