Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Isroil Madrimov yana Gennadiy Golovkin bilan birga ringga chiqadi

Isroil Madrimov yana Gennadiy Golovkin bilan birga ringga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (3-0, 3 KO) oktyabr oyida o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri ishonchli manbalari ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Madrimov 5 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi noma’lum. Isroil shu kuni o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida qozog‘istonlik afsonaviy bokschi, 4ta yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (39-1-1, 34 KO) ringga chiqadi. Golovkin shu kuni ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga (13-1, 10 KO) qarshi vakant qoldirilgan o‘rta vazn (-72,58 kg) IBF chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Jang DAZN internet-platformasi orqali translyasiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 8 iyun kuni aynan Golovkin bilan bitta boks oqshomida ishtirok etib, meksikalik Norberto Gonsalesga (24-13, 13 KO) qarshi ringga chiqqan va raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 16:28, 14.08.2019.
O'qildi: 4406 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.