Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu rukndagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Monako» Falkaoning narxini e’lon qildi

Fransiyaning «Monako» klubi hujumchisi Radamel Falkao tez orada boshqa klub safiga o‘tishi borasida xabar berib o‘tgan edik.

Fransiya klubi o‘z futbolchisini katta maosh olishi bois uni tezroq sotib yuborishni istayotgan edi. Endilikda futbolchi bilan Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi qiziqib qoldi va klub kolumbiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘ldi.Endi ikki klub o‘rtasida muzokaralar boshlanish arafasida turibdi.

«Readfootball» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Monako» hujumchini 5 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Agarda «Galatasaray» «Monako» bilan kelishuvga erishsa, Falkao yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Zenit 10 million so‘ramoqda

Rossiyaning «Zenit» jamoasi o‘tgan mavsumda «Lion» klubidan 16 million yevro evaziga harid qilgan Emanuel Mammana tez orada boshqa klub safiga o‘tishi mumkin.

Gap shundaki «Zenit» klubi futbolchining o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti va uning transfer qiymati tushib ketishidan avvalroq sotib yubormoqchi. Hozirda Mammana bilan Italiyaning «Sassuolo» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan va futbolchini ijaraga olish borasida taklif jo‘natdi.

«Zenit» rahbariyati futbolchini sotib olish sharti bilangina klubdan ketkazmoqchi va uning transferidan 10-11 million atrofida ishlab olishni reja qilmoqda. Tez orada Mammananing boshqa klub safiga o‘tsam ajab emas.

Kalinich qaytmoqchi

«Milan» safidagi o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislarning e’tiboriga tushgan Nikola Kalinich «Ateltiko Madrid»ni tark etish arafasida turibdi.

31 yoshlik hujumchi Ispaniyada o‘z o‘yinini topa olmadi. «Matraschilar»lar ham uning ketishiga qarshi emas. Hozirda xorvatiyalik futbolchiga  «Fiorentina», «Atalanta», «Sampdoria» singari klublardan takliflar mavjud.

Katta ehtimol bilan futbolchi transfer oynasiga yopulguniga qadar boshqa klub safiga o‘tib ketishi kutilmoqda.

«Atletiko» «Napoli» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

Shu kunlarda Madridning «Atletiko» jamoasi «Napoli» yarim himoyachisi Allanning transferini amalga oshirishi mumkin.

Gap shundaki, «Matraschilar» braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Napoli»ga ajoyib taklifni tayyorlashmoqda. Bundan bir necha kun ilgari «Atletiko» futbolchi uchun 55 million yevro taklif qilgan edi. Italiyaliklar bu taklifni rad etishgan va o‘z futbolchisni tarkibda saqlab qolishi haqida bayonot bergan edi. «Tuttosport» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Atletiko» Allan uchun 70 million taklif qiladi. Bundan tashqari o‘z futbolchilaridan birini ham qo‘shib berishi mumkin.

Madrid klubi ustozi Allani o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda va ter orada klub tomonidan Allan uchun yangi taklif bo‘lishini o‘z intervyularida e’lon qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Allan uchun «PSJ» 60 million yevro taklif qilgan bo‘lsada, rad javobini olgan edi.

«Bavariya» afasonasi Mandjukichni super transfer deb atadi!

Germaniya va «Bavariya» klubi afsonasi Shteffan Effenberg «Goal.com» saytiga bergan intervusida «Bavariya»ga transfer oynasi yopulguniga qadar kimni harid qilish borasida maslahat berdi.

«Koutinyo» ajoyib futbolchi bo‘lsada, uning «Bavariya» tomonidan sotib olinishi katta tavakal.

Hozirda klub uchun «Bundesliga»ning havosini olgan tajribali futbolchi kerak. Bu borada Mandjukichni tavsiya qilgan bo‘lar edim. Mandjukich Perishichning transferidan so‘ng, klub uchun ikkinchi super transfer bo‘lishi aniq. O‘ylashimcha bu trasnferlar «Bavariya»ni yana top darajadaga olib chiqadi.

Pochetino Deni Rouzni olib qoladi lekin

Butun transfer oynasi davomida ketishi kutilgan Deni Rouz jamoada qoladigan bo‘ldi.
Gap shundaki, Pochetino uning hizmatlariga ehtiyoj sezmoqda va ingilizni qishki transfer oynasi yopilguniga qadar klub safida salqab qolishga qaror qildi.

Futbolchi «Aston Villa»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘z qanotida juda foydali o‘yin namoyish etdi. Aynan shu faktor uning klubda qishgacha qolishini taminladi.

Eslatib o‘tamiz, Deni Rouz o‘tgan mavsumda 26 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Real Madrid» yana bir futbolchini qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin

«Qirollik klubi» 22 yoshli Doni van De Bekni qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin”,-deb xabar bermoqda «Daily Mail» nashri.

Gap shundaki, futbolchi o‘z klubiga YECHLga yo‘lanma olishi uchun yordam berishni niyat qilgan. «Ayaks» nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun «Apoel» to‘sig‘idan o‘tishi lozim.

Agarda, Doni van De Bek trasnferi amalga oshmasa, bu «Real Madrid» uchun navbatdagi omadsizlikka aylanadi. Madrid klubi bundan avval Pol Pogba, Kristian Erikson singari yarim himoyachilarni qo‘ldan boy bergan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:58, 16.08.2019.
O'qildi: 10232 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.