Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

“Oltin to‘p”: kim ko‘proq haqli?

“Oltin to‘p”: kim ko‘proq haqli?

Baho:
+1 | -1

Xabaringiz bor, “Oltin to‘p” sovrini uchun yakuniy 3 nafar nomzod e’lon qilindi. Bular Ronaldu, Messi va Van Deyk. Xo‘sh, bularning qaysi biri mazkur sovringa munosibroq? Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

Ronaldu — 30 foiz

“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun nomzodlar orasidan yakuniy uchlikka munosib topilgan bo‘lsa-da, bu safar portugaliyalik charm to‘p ustasining mazkur sovringa ega chiqish uchun imkoniyatlari kamroq. Nega deysizmi?

Ronalduning 2019 yildagi statistikasiga e’tibor qarataylik. Portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda klub va terma jamoa safida 18 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan, ya’ni uning gol+pas tizimi bo‘yicha ochkosi 23 ga teng. Tabiiyki, bu ko‘rsatkich Ronaldu uchun juda kam.

Ammo Ronalduning ustun jihati bor, bu “Yuventus” bilan A seriya chempioni bo‘lganligi hamda Portugaliya bilan Millatlar ligasida zafar quchganligi. Ya’ni Ronalduning hisobida ikkita katta sovrin bor.

Messi — 30 foiz

Messining imkoniyatini Ronalduniki bilan teng deb hisobladik. Negaligini quyida tushuntiramiz.

Lionel Messining shaxsiy ko‘rsatkichlari Ronaldunikidan yaxshiroq. Argentinalik futbolchi “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi. U 2019 yilda shu paytga qadar yaxshiroq statistika qayd etgan. Barcha turnirlarda klub va terma jamoa safida Messi 33 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning gol+pas tizimi bo‘yicha ochkosi 42 ga teng. Lekin...

Lionel Messi foydali harakat, foydali ko‘rsatichlar borasida Ronaldudan ortda qoldi. Argentina bilan Amerika kubogida omadsizlikka uchragan Messi ikkinchi katta sovrindan quruq qoldi. Shu bois birgina jamoaviy sovrin — La Liga bilan kifoyalandi. Tan olish kerak, futbolchi uchun terma jamoa bilan qozonilgan chempionlik ham juda muhim.

Van Deyk — 40 foiz

Ko‘pchilik “Oltin to‘p”ni Messi olishi kerak, uning shaxsiy ko‘rsatkichlari yaxshiroq, u ko‘p gol urgan”, degan vajni ilgari surmoqda. Endi tanganing ikkinchi tomoniga qarasak. “Liverpul” va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Van Deykning shaxsiy ko‘rsatkichlari Messinikidan kam emas. Futbolni tushungan odam Messi va Van Deykni urgan gollari hisobidan taqqoslash to‘g‘ri emasligini yaxshi biladi, chunki bittasi hujumchi, bittasi himoyachi.

Van Deykning shaxsiy ko‘rsatkichlariga kelsak. Gollandiyalik himoyachi o‘tgan mavsum APLda, umuman, Yevropada raqiblariga aldanmaslik borasida rekord o‘rnatdi. Tan olish kerak, aynan gollandiyalik himoyachi kelganidan keyin “Liverpul”ning himoyachi ancha mustahkamlandi. Ikkinchi qavatdagi kurashda esa van Deyk raqiblariga umuman imkoniyat qoldirmadi. Gollandiya terma jamoasi bilan Millatlar Ligasida juda ishonchli o‘ynadi. Agar van Deykning muhim gollarni bartaraf etgandagi ko‘rsatkichi bilan Messining gol urgandagi ko‘rsatkichi taqqoslansa, menimcha, van Deyk Messidan sira qolishmaydi. Aytgancha, himoyachi 2019 yilda shu paytgacha barcha turnirlarda 7 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Van Deyk sovrinlar borasida ham hozircha eng yaxshisi. U YECHL bosh sovrini sohibi, APLning eng yaxshi futbolchisi, UYEFA Superkubogi sohibi. Bir qarashda “Oltin to‘p”ga Van Deyk ko‘proq munosib ekanligi ko‘rinadi. Faqat uning himoyachi ekanligi “Oltin to‘p”ni olishga biroz nomunosibdek ko‘rsatmoqda. Chunki muxlislar bu sovrinni hujumchilar yoki himoyachilar olishiga ko‘nikib qolishgan.

Yakuniy xulosa chiqarishdan yiroqmiz. Biz shunchaki futbolchilarning real imkoniyatlarini solishtirdik, xolos. Albatta, Messining muxlislari yoki Ronalduning muxlislari bu fikrlarga qo‘shilmasligi mumkin. Nima bo‘lganda ham, tez orada munosib nomzod kimligini bilib olamiz.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:35, 17.08.2019.
O'qildi: 17425 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.