Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Milan»ga «Tottenhem» futbolchisi kerak
Milanning «Milan» jamoasi Angiliyaning «Tottenhem» klubi himoyachisi Serj Oriyeni ijarga olishni istamoqda.
«Tottenhem» himoyachini «Vest Hem»ga sotib yuborishga urungan bo‘lsada, bu transfer amalga oshmagan edi. «Shporlar» Milandan tushgan taklifni katta ehtimol bilan rad etishsa, ajab emas. Agarda «Milan» sotib olish sharti bilan futbolchini ijaraga olsagina, Serj “Milan futbolchisiga aylanishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
«Yuventus» Ikardidan voz kechdi
Turin super klubi «Inter» hujumchisi Mauro Ikardini qo‘lga kiritish uchun harkatlarni boshlagani haqida xabar bergan edik.
Milan shahri jamoasi o‘z hujumchisini sotib yuborishga urunayotgan bo‘lsada, o‘zining azaliy raqibi «Yuventus»ga uni qo‘yib yuborishni istamayapti. «Inter» Ikardini faqatgina Dibala bilan ayrboshlashini, boshqa hech qanday taklif jamoani qoniqtirmasligini e’lon qildi.
Endilikda «Yuventus» bor e’tiborini «Lion» klubi hujumchisi Mussa Dembelega qaratmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Dembele bilan bu mavsumda «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqqan bo‘lsada, uning transferi amalga oshmay qolgan edi.
«Zenit» to‘xtamayapti
Rossiyaning «Zenit» jamoasi gollandiyalik hujumchi Bas Dost transferrini amalga oshirish ishlarini boshlab yubordi”,-deb xabar bermoqda «Readfootball» nashri.
«Sporting» klubi o‘z hujumchisini 20 million yevroga evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligni rasman e’lon qildi.
Hozirda futbolchi uchun kurashda Turkiya, Meksika va Xitoy klublari ham kurash olib bormoqda.
Bas Dostning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, «Sporting» uni katta ehtimol bilan ushbu transfer oynasi yopilguniga qadar sotib yuboradi.
«Barselona» italiyalik himoyachiga qiziqib qoldi
Kataloniya klubi Italiyaning «Yuventus» jamoasi himoyachisi Daniyel Ruganini qo‘lga kiritishni reja qilmoqda.
«Barselona» markaziy himoyachilar borasida muammoga uchragani bois, transfer oynasi yopilishidan avval Ruganini sotib olishga xarakatni boshladi.
«Barsa» shu kunlarda futbolchi uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor ekanligi borasida ispan nashrlari xabar bermoqda.
Futbolchining o‘zi ham aynan «Barselona»da to‘p surishni istamoqda. Futbolchining agenti Daniyel kichikroq maosh taklif qilinsada, aynan «Baselona» safida to‘p surishni istayotgani haqida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Rugani borasida kuni kecha «Roma» ham taklif bilan chiqdi. Unga ko‘ra, Rim jamoasi himoyachini 5 millon yevro evaziga ijaraga olishni va mavsum so‘ngida yana 25 million yevro to‘lab uni to‘liq sotib olishni istamoqda.
«Napoli» Allan borasida qaror qabul qildi
Bundan avvalroq xabar berganimizdek, «Atletiko Madrid» jamoasi «Napoli» yarim himoyachisi Allani o‘z safiga qo‘shib olish uchun 70 million taklif qilgan edi.
Bugun Italiyali klubi futbolchi borasida yakuniy qarorni e’lon qildi. Unga ko‘ra, braziliyalik futbolchi «Napoli» safida qoladigan bo‘ldi va tez orada u bilan yangi shartnoma imzolanadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, shaxsan Diyego Simionening o‘zi Allani «Manchester Siti»ga o‘tib ketgan Rodrining o‘rninbosar sifatida xarid qilmoqchi edi.
Loveren «Roma»ga o‘tamaydigan bo‘ldi
«Liverpul» klubining xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovren «Roma» safiga o‘tmaydigan bo‘ldi.
Aslida ikki klub futbolchining kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilgan va tez orada Lovren Rimga yo‘l olishi lozim edi. «Roma» futbolchini sotib olish sharti bilan 3 million yevo evaziga ijaraga olishi va ijara so‘nggida yana 12 million yevro to‘lashi kerak yedi.. Bundan tashqari, Loveren «Liverpul»dagi 4,2 million yillik maoshini 3 millionga kamaytirilishiga ham rozi bo‘lgandi.
Futbolchi «Roma» klubidan o‘z trasnferi ortidan bonus sifatida 1 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan va aynan shu maqsad hammasini o‘zgatirib yubordi.
Afsuski, «bo‘rilar» futbolchi va uning agenti tomonidan qo‘yilgan shartga ko‘nmadi va trasnferdan voz kechdi. «Le Gazzeta Della Sport» nashrining xabar berishicha, «Roma» jamoasining shu kunga qadar birorta transfer so‘nggi bosqichda barbod bo‘lmagan edi va bu birinchisi sifatida tarixda qoladi.
«Inter» yana bir «Manchester Yunayted» futbolchisi harid qilmoqchi
Antonio Konte «Inter» klubi rahbarlaridan transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir hujumchi sotib olishlarini talab qilmoqda.
Murabbiy o‘z variyanti sifatida «Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanchesni ko‘rsatmoqda.
Chililik futbolchi «qizil iblislar»nin o‘yin falsafasiga mos kelmagani bois, «Manchester Yunayted» futbolchi borasidagi istalgan taklif uchun ochiq ekanligini e’lon qilganidan xabaringiz bor.
Klubda eng katta maosh oluvchi futbolchining o‘zi esa, «Roma»dan tushgan taklifga rad javobini bergan bo‘lsada, «Inter» tomonidan bildirilgan taklifni o‘ylab ko‘rishga tayyor ekanligini e’lon qildi.
Endilikda «Inter» yoki Aleksisning yiliga 20 million yevroga teng bo‘lgan maoshini to‘lab berishi lozim bo‘ladi, yoki uni sotib oladi va maoshi kamaytirilgan uzoq muddatli shartnoman taklif qiladi. Umuman olganda, anchagina qiziq xolat yuzaga kelmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
«Ayaks» hujumchisi nishonda turibdi
Gollanidyaning «Ayaks» klubi hujumchisi Kasper Dolberg bir yo‘la ikki klubning trasner nishonida turibdi.
Bu jamoalardan biri «Bavariya» bo‘lsa, ikkinchisi «Nitsa» jamoasi. Futbolchining o‘zi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa klubga o‘tishga rozi.
«Ayaks» uni ijaraga berishdan bosh tortdi va futbolchining transfer narxini 18 million yevroga ko‘tarib qo‘ydi.