Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

La liga. «Valensiya» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Vilyarreal» - «Granada» o‘yinida — 4:4

La liga. «Valensiya» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Vilyarreal» - «Granada» o‘yinida — 4:4

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tgan mavsumda 4-o‘rinni egallagan "Valensiya" o‘z uyida "Real Sosyedad"ni qabul qilib, alamli tarzda g‘alabani qo‘ldan chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Gameyro hisobni ochgan edi. Shundan keyin valensiyaliklar ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirib ulardan foydalana olishmadi. Xususan, Gameyro bahsning 81-daqiqasida yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozabonni aldab o‘tib, zarba berdi. Ammo to‘p to‘singa tegib qaytdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisi o‘tib borayotganida hakam "Sosyedad" darvozasi tomon penalti belgiladi. Yana o‘sha Kevin Gameyro 11 metrli jarima zarbasidan so‘ng to‘pni yuqoriga tepib yubordi.

O‘yinga qo‘shib berilgan 8 daqiqaning eng so‘ngisida esa to‘p himoyachining qo‘liga tekkani bois "Valensiya" darvozasiga penalti belgiladi. Oyarsabal undan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

"Vilyarreal" – "Granada" o‘yinida esa muxlislar 8ta golga guvoh bo‘lishdi. Mezbonlarning 73-daqiqaga kelib 4:2 hisobida oldinga o‘tib olishgan edi. Mehmonlar so‘nggi 2ta gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ispaniya chempionati, 1-tur
Valensiya – Real Sosyedad 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 58 Gameyro, 1:1 – 90+11, penalti Oyarsabal.
Noaniq penalti: 90+3 Gameyro (noaniq)
Valensiya – Sillessen, Vass, Garay, Gabriel Paulista, Kosta (Pichchini, 82), Soler (Ferran Torres, 90), Koklen, Kondogbia, Gedesh, Gameyro, Rodrigo (Cherishev, 85).
Real Sosyedad – Moyya, Saldua (Barrenechea, 82), Le Norman, Subeldiya, Munyos (Rodriges, 85), Merino, Ilyarramendi, Edegor, Yanuzay (Isak, 71), Villian Joze, Oyarsabal.
Ogohlantirishlar: Edegor (29), Merino (36), Saldua (42), Le Norman (57), Koklen (63), Cherishev (90), Garay (90).
Chetlatish: Koklen (90).
 
Malyorka – Eybar 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 4 Dani Rodriges, 1:1 – 57 Oliveyra, 2:1 – 75, avtogol Oliveyra.
Malyorka – Reyna, Sastre (Kampos, 86), Valyent, Railyo, Lumor, Baba, Dani Rodriges, Febas (Traykovski, 74), Sevilya, Lago Djunior, Budimir (Alegriya, 65).
Eybar – Dmitrovich, Korrea (De Blasis, 83), Oliveyra, Ramis, Texero, Leon, Eskalante (Eksposito, 32), Alvares, Orelyana, Enrik (Kike Gonsales, 76), Kike Garsiya.
Ogohlantirishlar: Sastre (14), Alvares (72), Orelyana (87), Texero (87), Sevilya (90).

Leganes – Osasuna 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 75 Chimi Avila.
Leganes – Kuelyar, Bustinsa (Navarro, 77), Tarin, Siovas, Rosales (Arnais, 77), Ruben Peres, Eraso (Resio, 67), Silva, Oskar Rodriges, En-Nesiri, Breytueyt.
Osasuna – Ruben Martines, Vidal, Aridane, David Garsiya, Estupinyan, Oyer Sanxurxo, Monkayola, Roberto Torres, Brashanas (Lilyo Kastelyano, 90), Ibanyes (Kardona, 70), Chimi Avila (Perea, 83).
Ogohlantirishlar: Roberto Torres (17), Chimi Avila (35), Ibanyes (45), Monkayola (65), Resio (73).
Chetlatish: Oskar Rodriges (90).

Vilyarreal – Granada 4:4 (1:1, 3:3)
Gollar: 1:0 – 35, penalti Kasorla, 1:1 – 45, penalti Viko, 2:1 – 53 Moyses Gomes, 2:2 – 62 Machis, 3:2 – 65 Jerar Moreno, 4:2 – 73 Chukvueze, 4:3 – 75 Soldado, 4:4 – 81 Puertas.
Vilyarreal – Fernandes, Penya, Albiol, Pau Torres, Kintilya, Zambo-Angissa, Kasorla, Chukvueze, Iborra (Bakka, 83), Moyses Gomes (Trigeros, 78), Jerar Moreno (Toko-Ekambi, 69).
Granada – Ruy Silva, Dias, Duarte, Xerman Sanches, Kini, Eteki (Aziz, 69), Montoro, Puertas, Viko (Ramos, 78), Vadilyo (Machis, 56), Soldado.
Ogohlantirishlar: Kasorla (36), Albiol (45), Xerman Sanches (59), Zambo-Angissa (70).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:26, 18.08.2019.
O'qildi: 2373 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.