Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Koutinyo «Bavariya»da! U qaysi raqamda o‘ynaydi?

Koutinyo «Bavariya»da! U qaysi raqamda o‘ynaydi?

Baho:
+ | -

«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutinyo «Bavariya»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Myunxenga keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli xavbek yangi jamoasida 10-raqamda o‘ynaydi. Myunxenliklarning texnik hamkori hisoblangan Adidas kompaniyasi o‘zining instagramdagi sahifasi orqali futbolchining familiyasi va raqami tushirilgan futbolka suratini e’lon qildi.

Nemislar bir yillik ijara uchun «Barsa»ga 8,5 mln yevro to‘lashgani aytilmoqda. Shuningdek, Filippening 1 yillik maoshi – taxminan 12 mln yevro ham xaridor klub zimmasida bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvda «Bavariya» Koutinyoni 120 mln yevroga to‘la transfer qilish huquqiga egaligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» braziliyalik yarimhimoyachini 2018 yil yanvarida «Liverpul»dan 120 mln yevroga sotib olgan, xarid bitimida yana 40 million yevro bonus shaklida to‘lanishi mumkinligi belgilangan edi.

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 23:05, 18.08.2019.
O'qildi: 8730 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик