Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Ronaldinyoni hayratda qoldirgan 5 ta futbolchi

Ronaldinyoni hayratda qoldirgan 5 ta futbolchi

Baho:
+ | -

Braziliyalik charp to‘p afsungari yaqindagin Britaniyaning «442-portal» nashriga bergan intervyusini taqdim etamiz. Ushbu intervyuda futbolchi uni o‘z o‘yinlari bilan hayratda qoldirgan 5 ta futbolchining nomini oshkor qiladi.

Tiyeri Anri

Anri menga o‘zimni eslatib yuboradigan yer yuzadagi yagona futbolchi. Unda fantastic tehnika ajoyib plastic harakatlar uyg‘unligi mavjud. Men uning o‘yinlarini tomosha qilishdan zavqlanar edim. Ayniqsa «Arsenal» safidagi gollari haqida alohida film olsa, ham bo‘ladi. U doimmo to‘p bilan juda yengil munosabatda bo‘lar, shu sabab undan to‘pni olib qo‘yishning deyarli iloji yo‘q edi.

Rikardo Kaka

Bu futbolchi  Messi va Ronaldu davrida ulardan kuchliroq o‘ynab «oltin to‘p»ni haqli qo‘lga kiritgan yagona futbolchi! U bundan kattaroq marralarni zabt etishiga jarohatlar yo‘l qo‘ymagani juda achinarli holat. Shunday bo‘lsada, uning «Milan» safidagi fantastik o‘yinlari muxlisar yodidan ko‘tarilmasligi aniq.

Ronaldo

U maydonda shunday harkatlarni amalga oshirar ediki, uning miyasiga bunday fikr qanday kelgani haqida o‘ylab qolar edim. Ustiga-ustak 2002-yilda bo‘lib o‘tgan mundialda u fantastik formada edi. O‘ylashimcha u Peledan so‘ng Braziliya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchi.

Ronaldu

U aqlbovar qilmas futbolchi. Chinakam mashina! U necha bor YECHLni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, har safar jamoasi uchun sovrinni kuchli raqiblar qo‘lidan yulqib olgani tahsinga sazovar. Krish deyarli 10 yildan ziyod vaqt mobaynida juda yuqori darajada to‘p surmoqda. Shunday bo‘lsada, unga qoyil qolish lozim. Nega deysizmi? Gap shundaki, u Afsonaviy futbolchining davrida to‘p sursada shunday katta yutuqlarga erishdi va bu borada to‘xtamoqchi emas.

Messi

Albatta Messi haqida savol bo‘lishini sezgan edim. Men u bilan ilk bor uchrashganimdayoq uning kuchli ekanigini sezganman. To‘g‘risi meni «so‘yloq» bir paytlar avaylagani kabi men ham uni ehtiyot qilishga harakat qilganman. Hozirda men Messi bilan birgalikda to‘p surishni juda istayapman. Afsuski, u bilan juda oz fursat jamoadosh bo‘lganman. Shunday bo‘lsada, uning o‘yinlarini faxr bilan kuzatib boraman. Har safar uning menning ko‘z o‘ngimda katta futbolga kirib kelganini xotirlasam quvonib ketaman. Shunga qaramasdan men hech qachon unga ustozlik qilmaganman. U o‘z uslubi va o‘zi tanlagan yo‘li bor yigit edi. Messi o‘zi tanlagan yo‘ldan dadil qadamlar bilan oldimlab ketmoqda. Una faqat havas qilish mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:36, 19.08.2019.
O'qildi: 19290 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.