Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukdagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Maldini Madridga keldi

«Milan» jamoasining sport direktori Paolo Maldini Madrid shahriga uchib keldi. «Milan» afsonasi ushbu shaharning «Real» jamoasi rahbarlari bilan klub hujumchisi Mariano Diazning transferi borasida kelishib olishni reja qilmoqda.

«Tuttosport» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Milan» Diazni sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda. «Real Madrid» esa, uni ortga qaytarib olish sharti bilangina qo‘yib yuborishga rozi. Muzokarlar davom etmoqa. Agarda tomonlar kelshuvga erishsa, 36 soat ichida Mariano «Milan» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi borasida Rimning «Roma» klubi ham rasmiy taklif bilan chiqqan edi.

"Fiorentina" Riberi serialiga nuqta qo‘ymoqchi

«Fiorentina» klubi erkin agent maqomidagi Frank Riberini qo‘lga kiritish uchun ikkinchi bor urunb ko‘radi.

Gap shundaki, klub prizidenti Daniyel Prade muxlislarga Riberini jamoaga o‘tishga ko‘ndirish uchun har qanday shartga rozi ekanligini e’lon qildi. 36 yoshlik futbolchi esa, hali-hamon bir qarorga kela olgani yo‘q. Hozirda uning oldidan Rossiya va Italiya klublaridan birini tanlashdan boshqa chora qolmadi.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Sanches ertaga boshqa klubga o‘tishi mumkin

«Soccer» sayti tarqargan xabarlarga qaraganda “Manchester Yunayted: hujumchisi Aleksis Sanches ertaga «Inter» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Avvalroq xabar berganimizdek Antonio Konte chililik futbolchini qo‘lga kiritishni juda istamoqda. Manba tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Inter» futbolchini bir mavsumga ijaraga oladi va uning maoshini yarmini to‘laydi. Bu haftasiga 610 ming yevro degani. Qolgan qismini esa,«Manchester Yunayted» to‘laydigan bo‘ldi.

Endilikda trasnferning hal bo‘lishi Aleksisning o‘ziga bog‘liq. Futbolchi «Inter»da to‘p surishga rozi bo‘lsa, bu transfer ertagayoq amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi «Roma» klubiga rad javobini bergan edi.

Jeydon Sancho ketadimi?

«Borussiya Dortmund» jamoasida yorqin o‘yinlari bilan millionlab muxlislarning e’tiborini qozongan Jeydon Sancho kelasi yozda klubni tark etadigan ko‘rinadi.
Gap shundaki, uning agentlari bilan «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari aloqaga chiqqan va futbolchini o‘z safida ko‘rishni istashyotganini bildirishgan.  Bundan tashqari ko‘plab grand klublar ham Sanchoni nishonda ushlab turishibdi.

«Borussiya Dortmund» klubi o‘tgan mavsum kashfiyoti bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgani bois, uni 100 milliondan kamiga qo‘yib yubormasligi borasida ochiqchasiga bayonot berdi. Shunday bo‘lsada, futbolchining o‘zi APLga qaytmoqchi.
Uning transferi kelasi mavsumda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lsa, ajab emas.

Eslatib o‘tamiz, nemislar Jeydon Sanchoni o‘tgan mavsum «Manchester Siti»dan atigi 7 million yevro evaziga sotib olishgan edi. «Shaharliklar» futbolchining kelajagiga ishonqiramay boqishgan «qimmatga» tushadigan ko‘rinadi.

David Luiz nega «Chelsi»ni tark etgani aytdi

Londonning «Arsenal» jamaosi himoyachisi David Luiz nega jonajon jamoasini tark etganini muxlislarga tushuntirib berdi. APL doirasidagi «Bernli» jamoasiga qarshi bahsdan so‘ng, futbolchi oavga intervyu berar ekan quyidagi so‘zlarni keltirib o‘tdi:

"Men «Arsenal»ga kurashuvchanligim bois o‘tdim. Tan olaman, menda Xitoy klublaridan tushgan fantastik takliflar mavjud edi. Agar o‘sha klublardan biriga o‘tganimda, eng kuchlilardan biri bo‘lib katta pul ishlab olishim mumkin edi.

Shunday bo‘lsada, men o‘zim uchun qiyin bo‘lsada, yangi va maroqli yo‘lni tanladim. Hech qachon o‘zgarishlardan cho‘chimaganman. Bu menga yanada o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchni oshiradi va katta g‘alabalar sari harakatlanishimga turtki vazifasini bajaradi.

Futbol qachondur o‘z yakuniga yetadi. Mard bo‘lish kerak. Men «Chelsi»da o‘zimni juda bahtiyor his etganman. U klub safida ko‘plab sovrinlar yutdim. Shunga qaramasdan, Lempard bilan bo‘lgan suhbatimizdan so‘ng, ketishga qaror qildim. Tushundimki, u bilan qarashlarimiz batamom o‘zgacha ekan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:35, 20.08.2019.
O'qildi: 7918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.