Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Gvardiola uchun keraksiz yulduzlar

Gvardiola uchun keraksiz yulduzlar

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbol olamidagi eng kuchli murabbiylardan biri sanaladigan Pep Gvardiola ko‘plab yangi nomlarni kashf etganidan xabaringiz bor. Shunday bo‘lsada, «tanganing ikki tomoni bo‘ladi» deganlaridek, qahramonimiz o‘zi istamagan tarzda bir nechta kuchli futbolchilarni chetga surib tashlagan. Futbol afsonalaridan biri Ibrahimovich shular jumlasidan.  
Anglaganingizdek, bugun Gvardiola tomonidan keraksiz deb topilgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Emre Jan

Emre «Bavariya» klubi tarbiyalanuvchisi sifatida sekin-asta asosiy jamoaga qo‘shilib borayotgan paytda klub Gvardiola bilan shartnoma tuzadi. Butun boshli Germaniyadagi eng iqtidorli yosh futbolchilardan biri sifatida qayt etilgan Emre Jan ilk mashg‘ulotning o‘zidayoq Pep tomonidan «yaroqsiz» deb topiladi. Murabbiyning talabi bilan «Bayer» jamoasiga sotib olish sharti bilan transfer qilingan futbolchi «Bayer»da o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Emre uchun «Bayer»dagi o‘sha mavsum eng sermahsuliga aylandi. Shunday bo‘lishiga qaramsadan Gvardiola uni ortga qaytarishni istamadi va Jan «Liverpul» safiga o‘tib ketdi. Ispaniyalik mutaxassis futbolchini o‘z o‘yin uslubiga moslasha olmagani uchun shunchaki chetga surib tashlaydi.

Samuel Eto'o

Gvardiola nima uchun kamerunlik futbolchini sotib yuborgani hozirga kunlarimizga qadar javobsiz qolmoqda. Samuel «Barselona»ning o‘yiniga mos tushar, Messi bilan maydonda yahshi tandem hosil qila olar edi. Eng qizig‘i shundaki, futbolchi Pep qo‘l ostidagi ilk mavsumda 30 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. Shunga qaramasdan Gvardiola uni jamoa uchun mehnat qilmaslikda aybladi. Oradan ko‘p o‘tmay uning o‘rnini yoshroq futbolchilar bilan to‘ldirishini va’da qilib «Inter» jamoasiga sotib yubordi.

Jamoa uchun mehnat qilmaslikda ayblangan Eto'o Joze Mourinyo qo‘l ostida maydonda eng ko‘p mehnat qiladigan chinakam mashinaga aylandi. Ayrim o‘yinlarda Samuel yarim himoyachilar bilan birdek ter to‘kar, hujumda avvalgidek faol edi. O‘sha yilning o‘zidayoq YECHLda g‘olib chiqqan Samuel hali ko‘p narsaga qodir ekanligni Gvardiolaga isbotlab qo‘ydi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Toni Kroos

O‘yinni o‘qiy olish borasida tengsiz sanaladigan Toni Kroos Gvardiola bilan atigi bir mavsum birga ishlagan bo‘lsada, murabbiy uning kariyerasida katta burilish yasagan. Gap shundaki, Kroos va uning agenti klub rahbarlaridan o‘z maoshini ko‘tarishlarini talab qiladi. Bir qarashda odatiy xolat. Pep esa, futbolchining talabi qondirilmasligini rasman e’lon qiladi. Toni hech kim bilan janjalashmaydi va u istagan maoshdan 2 barobar kattaroq maosh taklif qilgan «Real Madrid» safiga o‘tib ketadi. Uning kelishi sababli jamoani tark etgan Xabi Alonsani esa, Gvardiola sotib olishni talab qiladi va unga Kroos talab qilgan maoshdan ham kattaroq maosh belgilangan shartnoma taklif qilinadi. Toni Kroos «Real Madrid» safida futbolchi sifatida yanada o‘sishga va Germaniyaning eng sovrindor futbolchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Yaya Ture

Bu futbolchi Pep bilan ikki bor to‘qnash kelgan va har safar undan «ozor» chekkan desak, adashamgan bo‘lamiz. Avvaliga Yaya «Barselona» safida Gvardiola bilan kelishib ishlashga urunib ko‘radi. Afsuski, futbolchining murabbiyi va murabbiy o‘rtasida paydo bo‘lgan kelishmovchilik sababli Pep Yayani trasnferga qo‘yadi va uni «Manchester Siti»ga sotib yuborishadi.
Fil suyagi yurti o‘gloni APLda yo‘qolib qolmaydi va jamoasi bilan bir necha bor ichki chempionatda g‘olib chiqadi. Yaya «shaxarliklar»ning chinakam yetakchsiga aylanadi. Klub muxlislari uni Shayx Mansur davridagi eng omadli xarid deb qayt etishadi. Afsuski, Yaya Ture o‘zi istaganidek, «Man Siti»da butsalarini mixga ilishni ilojini topa olmaydi. «Manchester Siti» Gvardiolaning boshqaruviga o‘tgach, futbolchi darhol jamoani tark etishini e’lon qiladi. Gvardiola esa, uni jamoada olib qoladi va asosiy tarkib uchun kurash olib borishini talab qiladi. Afsuski, murabbiy o‘zi talab qilgan o‘yinni ko‘rsatishi uchun Turega o‘yin amaliyotini bermaydi va xatto YECHL uchun ro‘yhatdan ham o‘tkazishdan bosh tortadi.

Jo Hart

19 yoshidan boshlab «Manchester Siti» darvozasini himoya qilishni boshlagan iqtidorli posbon Gvardiola jamoaga kelguniga qadar 4 bor «oltin qo‘lqop» unvonini qo‘lga kirtgan va Angiliya terma jamoasining asosiy darvozaboni edi.

Pep ilk mashg‘ulotlardayoq Jo Hartning o‘yinidan qoniqish hosil qilmaydi va uning klub uchun ko‘rsatgan hizmatlariga qaramasdan ijaraga berib yuboradi.  Bunday qarordan so‘ng, Manchini Gvardiolani bir necha bor tanqid qilgan bo‘lsada, hech narsa o‘zgargani yo‘q. Gvardiola klubning yangi tarixini yozidashda eng faollardan biri bo‘lgan Jo uchun biror marotaba rasmiy uchrashuvda maydonga tushish imkonini ham qoldirmay uni batamom chetga surib tashlagan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:57, 22.08.2019.
O'qildi: 12656 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.