Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -1

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Raktich qoladi

Turinning «Yuventus» jamoasi «Barselona» klubi xabaringiz bor. Bugun katoloniya klubi xorvatiyalik futbolchini jamoada qolishini rasman e’lon qildi.
Turin klubi yarim himoyachi uchun 50 million yevro taklif qilgan bo‘lsada, «Barselona» futbolchini sotmaslikka qaror qildi.

Gap shundaki, futbolchining o‘zi shartnomasi o‘z yakuniga yetmaguniga qadar «Barselona» safida qolishni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, Rakitich «Manchester Yunayted»dan tushgan taklifni ham rad etgan edi.

«Real Madrid» o‘zi uchun 2-darvozabon izlamoqda

Madridning «Real» jamoasi darvozaboni Keylor Navas jamoadan ketishga juda yaqin turibdi. Shu bois, «Real Madrid» uni o‘rnini to‘ldirish maqsadida bir nechta variyantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ular orasida 36 yoshli Pepe Reyna, 34 yoshli Daniyel Subashich, Antonio Mirante va 36 yoshli Marten Steklenburg singari nomdor darvozabonlar mavjud.
Esalatib o‘tamiz, Navas o‘zini Kurtuadan kuchsizroq emasligini isbotlash uchun ham boshqa jamoaga o‘tishi borasida rasman bayonot berdi.

Suarez MLS ga yo‘l oladimi?!

Ispaniya nashrlarning xabar berishicha, «Barselona» jamoasi hujumchisi Luis Suarez o‘z faoliyatini MLSdagi «Inter Mayami» jamoasida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi katta ehtimol bilan «Barselona»da o‘zining so‘nggi mavsumini o‘tkazadi va yangi mavsumni Devid Bekhamning «Inter Mayami» jamoasida boshlaydi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va o‘z faoliyatini MLSda o‘z yakuniga yetkazadi.
Esalatib o‘tamiz, «Inter Mayami» 2020-yilda o‘zining MLSdagi debyut mavsumini o‘tkazadi.

Chalov Italiya grandlari e’tiborida

Italiyaning «Napoli» jamoasi Ikardining transferini amalaga oshira olmasa, bor e’tiborini Moskvaning «SSKA» jamoasi hujumchisi Fedor Chalovga qaratadigan bo‘ldi.
«Offside Squad» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Napoli» rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo‘q, biroq Ikardi borasidagi rad javobi kelishi bilan italiyaliklar Chalovni «armiyachilar»dan sotib olish ishlarini boshlab yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Fedor Chalov bilan «Monako», «Arsenal», «Valensiya», «Lasio» singari grand klublar jiddiq qiziqib qolgan bo‘lsada, transfer amalga oshmay qolgan edi.

Pepe nega «Arsenal»ga o‘tgani haqida intervyu berdi

London klubi hujumchisi Nikola Pepe nima uchun hamma grand klublarga rad javobini berib «Arsenal»ga o‘tgani tushuntirib berdi.

“Men birinchi navbatda APL havosidan nafas olishni istadim. Bundan tashqari, bu klub ham huddi men kabi YECHLda to‘p surishni orzu qilmoqda. O‘ylashimcha men o‘z orzularimni aynan shu klubda ro‘yobga chiqishiga harakat qilaman.

Hozirda bizning asosiy maqsadimiz «Evropa Ligasi» musobaqasida g‘olib chiqish. Bu xalqaro musobaqada o‘zimizning eng kuchli futbolimizni namoyish etish orqali o‘tgan mavsumda yo‘l qo‘ygan xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilamiz”

Eslatib o‘tamiz, futbolchi uchun «Arsenal» 5 yil davomida 72 million yevro to‘laydi. Uning transferi hali to‘liq harid qilinganicha yo‘q.

«Yuventus» Pyanichni olib qolmoqchi emas

Turin super klubi Miralem Pyanichni o‘z jamoasida saqlab qolishni istamayapti. Gap shundaki, jamoaga Remziy va Rabio kelgach, Sarri futbolchiga asosiy tarkibda joy ajratib berishi mushkullashdi. Bundan tashqari, klub Pyanich bilan yangi shartnoma tuzish fikridan ham qaytdi.
«Readfootball» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda bosniyalik futbolchi tez orada PSJ futbolchiga aylanishi mumkin.

Futbolchining agenti allaqachon PSJ rahbarlari bilan uchrashgan va ilk muzokaralar boshlangan. Agarda PSJ rahabarlari va futbolchining agenti o‘zaro kelishvga erishsa, transfer oynasi yopulguniga qadar PSJ yana bir transferni amalga oshirishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:37, 22.08.2019.
O'qildi: 15067 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.