“Liverpul” klubi yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen bilan shartnomani uzaytirdi.
Klub matbuotining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan shartnomasini 4 yilga uzaytirdi. Shu tariqa, Oksleyd-CHemberlen 2023 yilgacha “Liverpul” sharafini himoya qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi haftasiga 120 ming funt maosh oladi.