Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbolchilarning kulguli jarohatlari haqida

Futbolchilarning kulguli jarohatlari haqida

Baho:
+ | -

Futbolchilarning kariyerasini katta havf ostida qoldiruvchi jarohatlarlar doimmo yoqimsiz xolat. Agarda bu jarohat futbol maydonidan tashqarida olinsa, ikki hissa yoqimsiz. Sezganingizdek, bugun so‘z maydon tashqarisda ortirib olingan jarohatlar to‘g‘risida boradi.

Adil Rami

Fransiya terma jamoasi himoyachisi o‘z davrida dunyoning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri edi.

2013-yilda futbolchi muxlislar va oavdan bir necha kun davomida qochib yurishga majbur bo‘ldi. Gap shundaki, Adil tungi klublardan birida o‘sha paytlarda urfga aylangan Janubiy Koreyalik qo‘shiqchi PSY tomonidan ijro etilgan «Gangnam Sitile» qo‘shig‘iga raqsga tushayotganida oyog‘ini qayirib oladi. Oqibatda futbolchi deyarli bir oy mobaynida safdan chiqadi va 3 ta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Jarohat u qadar og‘ir bo‘lmagan bo‘lsada, uni ortirib olish jaroyini ko‘plab muxlislarning kulgusiga sabab bo‘lgan. Qo‘shimchasiga, ijtimoiy  tarmoqlarda ko‘plab kulguli videoroliklarning paydo bo‘lishi voqeani yanada ommaviy ko‘rinish olishiga sabab bo‘lgan edi.

Kirk Broutfud

Shotlandiyalik futbolchi bir qarashda kulguli bo‘lsada, juda ayanchli jarohat sababli katta futboldan uzoq muddatga uzoqlashishga majbur bo‘ladi.

Gap shundaki, qiziquvchan «Glazgo Reynjers» futbolchisi mikroto‘lqinli pechga ikkita tuxumni joylashtiradi va pechni ishga tusharadi. Oradan bir daqiqa ham o‘tmay turib uning uyida kichik portlash yuz beradi va futbolchi jiddiy tan jarohatini oladi. Achinarlisi shundaki, Kirkning yuz qismi katta talofat ko‘radi va futbolchi plastic operasiya orqaligina yana hayotga qaytadi. Afsuski, bu futbolchi haqida internet orqali boshqa ma’lumot to‘plashning iloji bo‘lmadi.

Mario Gomez

Germaniya terma jamoasi va «Bavariya» klubidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan futbolchining kariyerasida ham kulguli jarohatlar mavjud.

Mario «Shtutgart» klubi safida o‘ynab yurgan chog‘larida noodatiy xolatda jarohat olgan edi. Futbolchi Bundesliga doirasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limi oxirida jarohat oladi. Unga yordamga kelgan shifokorlaga jaxl qiladi va shifokorlar maydonga olib tushgan dorilar solingan qutiga musht tushiradi. Bechora futbolchi shu zarba tufayli o‘yinning ikkinchi bo‘limida ishtirok eta olmadi. Ertasi kuni ma’lum bo‘lishicha, futbolchining qo‘li zarba tufayli singgan edi. Oqibatda, Gomez ikki oy davomida futboldan chetda qoladi.

Karlo Kudichnich

«Chelsi» tarkibidagi o‘yinlari orqali futbol ommasiga tanish bo‘lgan futbolchi deyali 3 oy davomida jarohati sababli futboldan uzoqlashishga majbur bo‘lgan edi.

Darvozabon it boqishni hush ko‘rgani bois, har tong o‘z uy hayvonini sayrga olib chiqar, so‘ng mashg‘ulotlarga ketar edi. Ana shunday sayrladan birida futbolchi va itning oldidan mushuk chiqib qoladi. it mushukning ortidan yugurib ketadi. Kudichinich esa nima bo‘layotganini tushunib ulgurmasdan itning bo‘yinbog‘ini qo‘yib yubormaydi va muvozanatni ushlay olmay tizasi bilan chuqurga yiqib ketadi. Oqibatda, futbolchi tizasidan jarohat ortirib oladi va deyarli 3 oyga safdan chiqadi. Bu voqeani uzoq muddat sir saqlab kegan futbolchi o‘zi ishtirok etgan teleko‘rsatuvlardan birida voqeani kulib aytib bergan edi.

Jerom Boateng

Germaniya terma jamoasi va «Bavariya» klubi himoyachisini ham kulguli jarohatlar chetlab o‘tmagan.

Jismonan baquvvat bo‘lgan Jerom jarohatni yerda emas, osmonda ortirib olgan. Futbolchi «Germaniya» terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun mundial saralashi doirasidagi uchrashuvda maydonga tushish maqsadida  tayyorada uchayotgan  qog‘ida kulguli vaziyatda jarohat oladi. Gap shundaki, Jerom samoliyot bortida ichimliklar tarqatish uchun mo‘ljallangan aravacha bilan to‘qnashib ketadi. Eng qizig‘I shundaki, maydondagi to‘qnashuvlarda jarohat olmaydigan himoyachi o‘sha to‘qnashuv sababli bir oy safdan chiqishga majbur bo‘ladi.

Darren Bent

21-asrning ilk  10 yilliga davomida o‘zining gollari bilan ko‘plab muxlislar ortirgan futbolchini ham taqdir yuqorida keltirilgan kulguli jarohatlardan benasib qoldirmagan.

To‘g‘ri, uning jarohati futbolchi uchun katta talofat yetkazmagan, aksincha Bent uchun qo‘shimcha daromad ham keltirgan. Qahramonimiz mayonezni iddishchadan pichoq bilan olayotganida qo‘lini kesib oladi va o‘sha kuni mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmaydi. Buning sababidan xabar topgan qiziquvchan ingiliz jurnalisltlari uning jarohati haqida karikaturalarni bosib chiqarishadi. Ushbu voqeadan so‘ng, Britaniyada mayonez ishlab chiqaruvchi kompaniyalar birin ketin uni o‘z reklamalarida suratga tushishga chaqira boshlaydi. Qahramonimiz ushbu reklamalar ortidan mo‘maygina pul ham ishlab olgani e’tiborga molik!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:52, 24.08.2019.
O'qildi: 6553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.