Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Metallurg” – “Navbahor”, prevyu

“Metallurg” – “Navbahor”, prevyu

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining 18-turida "Metallurg" o‘z maydonida Namanganning "Navbahor" jamoasini qabul qiladi. Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida 45 marta to‘qnash kelishgan. Bugungacha ortda qolgan o‘yinlarning 12 tasida bekobodliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, 20 bahsda vodiyliklar zafar quchishgan. 13 ta uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. Ochkolarni baham ko‘rishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatidagi farq raqiblarimiz foydasiga – 46:65. Ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiliklaridagi eng yirik hisob 2003 yili qayd etilgan. O‘shanda “Metallurg” «Navbahor»ga 0:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bu bekobodliklarning oliy liga bahslaridagi ham eng yirik mag‘lubiyati hisoblanadi. Uch mavsum muqaddam “Metallurg” “Navbahor”ni 5:1 hisobida dog‘da qoldirib, bu jamoalar to‘qnashuvidagi yirik g‘alabasini rasmiylashtirdi. Ungacha bekobodliklar “Navbahor”ni muqaddam uchta to‘p farqi bilan yutgandi.
Bu yilgi mavsumda jamoalarning Namanganda o‘tgan o‘yinida hisob ochilmagandi – 0:0.

Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvi:

2018 “Metallurg” – “Navbahor” – 1:0
2018 “Metallurg” – “Navbahor” – 0:0
2017 “Metallurg” – “Navbahor” – 0:0
2016 “Metallurg” – “Navbahor” – 5:1
2015 “Metallurg” – “Navbahor” – 2:3

Tanishing, raqibimiz: “Navbahor” (Namangan)

“Navbahor” mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida namanganliklar bir marta O‘zbekiston chempioni (1996) bo‘lishdi. Uch marta O‘zbekiston kubogini boshlari uzra baland ko‘tarishgan bo‘lishsa (1992, 1995, 1998), bir marta superkubok sohiblari ham bo‘lishgan (1999).

Shuningdek, “Navbahor” chempionatlarimizda 8 marta bronza medali bilan taqdirlangan va bu borada faqatgina Qarshining “Nasaf” jamoasidan ortda qolayapti, xolos.

Namangan shahrida futbol klubiga 1974 yilda asos solingan bo‘lib, u turli yillarda “Tekstilshik” (1974-80), “Avtomobilist” (1984-87) nomlari bilan yuritilgan. 1981-83 hamda 1988 yildan to hozirgi kungacha “Navbahor” nomi bilan o‘ynab kelayapti.

Jamoaning O‘zbekiston chempionatlaridagi to‘purari Shuhrat Mirxoldirshoyev hisoblanadi. U namanganliklar tarkibida o‘tkazgan 144 o‘yinida raqiblari darvozasiga 127 ta gol kiritgan. U faoliyati davomida jami 222 ta gol kiritib. Gennadiy Krasniskiy klubi a’zosi bo‘lgan.

“Navbahor” bugungacha O‘zbekiston chempionatlarida 799 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 378 tasida g‘alaba qozongan. 154 o‘yinda durang qayd etib, 267 uchrashuvda yutqazgan.

Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollari nisbati 1351:975.

Chempionatdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (2006 yil, “Xorazm”).

Yana bitta e’tiborga molik uchrashuv, bu sermahsul o‘yini – 10:3 (1996, “Kosonsoy”).

Eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (2009, “Paxtakor”).

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 16:34, 24.08.2019.
O'qildi: 1700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик