Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Dinamo» - «Buxoro»: kim an’anani buzadi?

«Dinamo» - «Buxoro»: kim an’anani buzadi?

Baho:
+ | -

Superliga 18-turi doirasidagi e’tiborli to‘qnashuvlardan biri ikki ko‘hna shaharlar Samarqand va Buxoroning bosh jamoalari o‘rtasida kechadi. Davron Fayziyev va Muhsin Muhammadiyev qo‘l ostidagi jamoalar ishtirokidagi uchrashuv shiddatli o‘tishi kutilmoqda.

Superliga. 18-tur.

27 avgust (seshanba)

«Dinamo» - «Buxoro»

Bosh hakam: Akobir Shukurullayev

O‘yin boshlanish vaqti: 17:00

Joriy mavsumda...

Ushbu ikki jamoa ham ikkinchi davrani hozircha muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. “Dinamo” so‘nggi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlardan keyin turnir jadvalida 9-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, “Buxoro” qator ochko yo‘qotishlar tufayli so‘nggi – 14-o‘ringa tushib qoldi. Samarqanddagi uchrashuv ikki jamoa uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Dinamo”ning so‘nggi tur o‘yinlari:

12-tur. Dinamo – Lokomotiv – 2:1

13-tur. Dinamo – Bunyodkor - 1:2

14-tur. Bunyodkor – Dinamo - 4:2

15-tur. Lokomotiv – Dinamo - 2:0

16-tur. Dinamo – Qo‘qon-1912 - 0:1

17-tur. Qizilqum – Dinamo - 2:1

18-tur. Dinamo – Buxoro

«Buxoro»ning so‘nggi tur o‘yinlari:

12-tur. Navbahor – Buxoro – 3:1

13-tur. Buxoro – Andijon - 1:0

14-tur. Andijon – Buxoro - 2:0

15-tur. Buxoro – Navbahor - 0:0

16-tur. Paxtakor – Buxoro - 5:0

17-tur. Buxoro – So‘g‘diyona - 1:1.

18-tur. Dinamo – Buxoro

O‘zaro uchrashuvlar: 46-to‘qnashuv...

O‘zbekiston milliy chempionati start berilgan 1992 yildan buyon «Dinamo» va «Buxoro» klublari Oliy Ligada shu kungacha 45 bor kuch sinashishgan. Shundan 20 ta bahsda “Buxoro”, 16 uchrashuvda esa “Dinamo”ning qo‘li baland kelgan. 9 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 58:56. “Buxoro” o‘zaro o‘yinlarda 69 ochkoga ega bo‘lgan, “Dinamo” esa 57 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1ga teng bo‘lsa, “Buxoro”ning tarixda “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 6:0. Ushbu jamoalarning 1-davrada o‘tgan Buxorodagi o‘yinlarida hisob ochilmagan – 0:0.

Fakt: «Dinamo» 7 yildan buyon «Buxoro»ga mag‘lub bo‘lmayapti

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Dinamo” 2013 yildan buyon xoh uyda, xoh safarda bo‘lsin “Buxoro” jamoasiga mag‘lub bo‘lgani yo‘q.

«Dinamo» va «Buxoro» o‘rtasidagi so‘nggi 10 uchrashuv:

11.05.2013 «Dinamo» - «Buxoro» 1:0

21.09.2013 «Buxoro» - «Dinamo» 0:2

14.06.2014 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1

02.11.2014 «Dinamo» - «Buxoro» 0:0

20.03.2015 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1

08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0

15.04.2017 «Dinamo» - «Buxoro» 3:1

16.09.2017 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0

19.05.2019 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0.

27.08.2019 «Dinamo» - «Buxoro»

Eski tanishlar: Nasimov va Muhammadiyev...

“Dinamo” va “Buxoro” tarkibida shunday shaxslar borki, ular uchun ushbu bahs sobiq jamoalariga qarshi o‘yin bo‘ladi. Xususan, “Dinamo” safidagi Bahodir Nasimov o‘tgan mavsumda “Buxoro”da munosib to‘p surib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, “Buxoro” safida ham samarqandlik muxlislar olqishiga sazovor bo‘lganlar bor. Xususan, “Buxoro” ustozi Muhsin Muhammadiyev 2000-yillardagi ajoyib o‘yinlari va gollari bilan butun Samarqand ahli qalbidan bir umrga o‘rin olgan. Tojikistonlik sobiq futbolchi oradan 18 yil o‘tib, Samarqandga murabbiy sifatida o‘z jamoasi bilan tashrif buyuradi.

Shuningdek, “Buxoro” hujumchisi Sardor Sulaymonov ham 2017 yilgi mavsumda “Dinamo” safida Oliy Ligada debyut qilib, muxlislar e’tiboriga tushgan.

«Dinamo» va «Buxoro»da to‘p surganlar...

Umuman olganda, ushbu ikki jamoada to‘p surgan samarqandlik va buxorolik futbolchilar talaygina. Jumladan, Olim Tillayev, Mixail Fomin, Ilhom Yunusov, Asqar Muhiddinov, Artyom Filiposyan singari samarqandlik futbolchilar “Buxoro”da ham munosib to‘p surgan bo‘lishsa, Ulug‘bek Baqoyev, Jamshed Saidov, Shuhrat Fayziyev singari buxorolik futbolchilar “Dinamo” safida ham muxlislar qalbidan o‘rin olishgan.

Bilasizmi...

Muhsin Muhammadiyevdan tashqari tojikistonlik Hakim Fuzaylov va Rahmatullo Fuzaylovlar ham “Dinamo” va “Buxoro”da faoliyat olib borishgan.

Jamoalarning 2-davradagi transferlari:

«Dinamo» transferlari: Bahodir Nasimov (Navbahor), Doston Abdurahmonov (Neftchi).

«Buxoro» transferlari: Fatxullo Fatxulloyev (Tojikiston), Milovan Kapor (Kanada), Jaba Lipartia (Ukraina), Vili Isiani (Gruziya), Asiljon Begimqulov (Xo‘jand), Bobir Amonov (Andijon), Sardor Sulaymonov (Andijon), Murod Bobojonov (Qizilqum), Davron Umirov (Bunyodkor).

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:32, 26.08.2019.
O'qildi: 2062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.