Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Samvel Babayan: «Qadam-baqadam o‘z o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz»

Samvel Babayan: «Qadam-baqadam o‘z o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» — «Lokomotiv» (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida Samvel Babayan qatnashdi.

— Bugun chempionatning ikki yetakchi jamoalari maydonda saf tortishdi. O‘yindan oldin ikki jamoaga ham yuqori imkoniyat berib bo‘lmasdi. Bugun biz uch ochko qo‘lga kiritish uchun qattiq kurashdik. Afsuski, hisob 1:0ligida ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda ham biz raqib darvozasi tomon chiroyli yurishlar uyushtirdik. Ko‘plab vaziyatlar yarata oldik. To‘g‘ri, hozirda o‘yinning chuqur tahlilini qilib bo‘lmaydi. Biroq jamoam qadam-baqadam o‘yin sifatini yaxshilab bormoqda. «Lokomotiv» oldinga harakat qiladi va yanada sifatli o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi.

— Jamoaning ikki qanot himoyasida vingerlar o‘ynashdi. Jamoaning yoshlar tarkibi esa birinchi o‘rinda ketmoqda. Nahotki yoshlar jamoasi tarkibida asosiy tarkib o‘rnini bosa oladigan himoyachilar bo‘lmasa...
— Haqiqatdan ham yoshlarimiz birinchi o‘rinda. Bugun ularning vaqti emasdi. To‘g‘ri, raqibimiz ham yosh futbolchilardan tashkil topgan. Biroq ular bugungi kunda asosiy tarkibda o‘ynay olishmadi. O‘yindan oldingi yig‘ilishda yo‘qotishlarning o‘rnini qay tariqa to‘ldira olishimiz mumkinligini o‘rganib chiqdik. Davron Hoshimov va Oleg Zoteevning o‘rniga vingerlarni qo‘yish men uchun ham yoqimli emas. O‘yin davomida ular kam xato qilishdi va o‘zlarini ko‘rsata olishdi.

— O‘yin uslubi, murabbiy imzosi ko‘rinmayotgan edi.
— O‘yinni qanday ko‘rasiz bilmayman. Ammo men boshidan aytganman, rivojlanish zinama-zina keladi. Ayrim holatlarda biz to‘pni ushlab turish borasida yomon, ba’zida ajoyib tarzda o‘ynayapmiz. Tan olaman, himoya va hujum o‘rtasidagi muvozanat bizda yetishmayapti. Ushbu jihat borasida ishlash kerak. Mag‘lub bo‘lgan bir necha o‘yinlarimizda bahsni biz nazorat qildik va vaziyatlar yaratdik. Asosiy muammomiz — vaziyatlardan foydalana olmaslik bo‘layapti. Agarda vaziyatlardan foydalana olganimizda, futbolchilarning ruhiy holati ham ancha yaxshi bo‘lardi, balki, o‘yinning yakuniy natijasi ham boshqacharoq ko‘rinish olardi. Ishlash kerak bo‘lgan jihatlarimiz juda ko‘p. Ta’kidlab o‘tganimdek, zinama zina o‘yin sifatimizni yaxshilab boryapmiz.

— Nima uchun jamoa ikkinchi bo‘limda jamoa chuqur himoyaga yotib oldi?
— Birinchi bo‘limda urib olgan golimizdan keyin ham yomon harakat qilmadik. Ikkinchi bo‘limda esa asosiy e’tiborni pressingga berdik. Maydonning holati va havoning biroz noqulayligi tufayli futbolchilar ham nafas olishda qiynalishdi. Lekin uzoq vaqt davomida yuqori pressingda o‘ynashning iloji yo‘q. Ba’zida himoyada o‘tirib, omadimizni qarshi hujumdan izladik. Lekin vaziyatlardan foydalana olmadik.

— Milliy terma jamoadan ketganingizdan keyin ilk marta «Milliy» stadioniga qaytdingiz. Bu sizga qanday bosim berdi?
— «Bunyodkor»ning katta bosimi bor. Mamlakatimizning asosiy arenasi. Bu yerda o‘ynashning o‘zi lazzatli. 2017 yilgi bo‘lgan voqealar esa xotiraga aylandi. Endi o‘tgan ishlarni unutib, oldinga harakat qilish kerak. Istalgan murabbiy va futbolchida ushbu stadionga kelganidan keyin ishiga bo‘layotgan ishtiyoq ko‘tariladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:22, 26.08.2019.
O'qildi: 3575 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.