Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 1-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Neymarning transferi «Barselona»ga 500 mln yevroga tushadimi?

Neymarning transferi «Barselona»ga 500 mln yevroga tushadimi?

Baho:
+1 | -

"Barselona" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Xo‘sh, mazkur transfer "ko‘k-anorranglilar"ga qancha tushadi? AS nashri jurnalistlari buni hisob-kitob qilib ko‘rishdi.

Braziliyalik futbolchi oylik maosh borasida talabini kamaytirsa ham (uning Fransiyadagi yillik maoshi 37 mln yevro), bu "Barsa" uchun katta ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda, kataloniyaliklar Neymar uchun bir yilda taxminan 60 mln yevro sarf qilf qilishadi. Besh yillik shartnoma uchun bu summa 300 mln yevroga yetadi. Bunga "Pari Sen-Jermen"ga to‘lanadigan 170 mln yevro transfer summasini qo‘shsa, bu son 470 mln yevroga yetadi.

Ammo bu hali hammasi emas. Futbolchining "Barselona"ga o‘tishi uchun agentlarga ma’lum mablag‘ to‘lanishi kerak bo‘ladi. Masalan, Neymar "PSJ"ga o‘tayotganida bu xarajat 50 mln yevroni tashkil qilgan edi. Shu tariqa, mazkur transfer uchun "Barsa" besh yil davomida 500 mln yevrodan ko‘proq pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Tabiiyki, "Barselona"da buncha pul yo‘q. Jamoa Antuan Grizmanning transferi uchun 120 mln yevro atrofida kredit olishiga to‘g‘ri keldi. RAC 1 tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yana bir marta qarz olishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo kataloniyaliklarning ayni kunlardagi qarzi shundoq ham 200 mln yevroni tashkil qiladi.

Yana bir jihat. Hozirgi kunda jamoa yillik byudjetining (960 mln yevro) 62 foizini (595 mln yevro) futbolchilarning maoshiga sarflaydi. UYEFA halol o‘yin qoidasiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 70%dan oshib ketmasligi kerak. Neymarga to‘lanadigan maosh evaziga "Barsa" bu limitdan chiqib ketishi mumkin.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 18:04, 28.08.2019.
O'qildi: 16735 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.