Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Barsa» futbolchisining ta’sirli hikoyasi

«Barsa» futbolchisining ta’sirli hikoyasi

Baho:
+2 | -

Bugun e’tiboringizga «Barselona» jamoasida 16 yoshida debyut uchrashuvida maydonga tushgan Ansu Fati boshidan o‘tkazgan voqeani e’tiboringizga taqdim etamiz.

orzu

O‘sha kuni Fati tuni bilan mijja qoqqani yo‘q. Sababi, u mashg‘ulotlar chog‘ida eshitgan so‘zlarining chin yoki yolg‘on ekanligini anglay olmas, hayollari har tomonga olib ketar edi. Aslida yosh futbolchi ertangi muhim mashg‘ulot oldidan tiniqib uhlashi lozim. Nega deysizmi? Ertaga uning hayotidagi eng muhim mashg‘ulotlardan biri. Eng muhimi desa ham bo‘laveradi! Axir  Ansu ertaga ilk bor asosiy tarkib futbolchilari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etadi! U o‘rnidan turib o‘tirdi va ro‘parasidagi oynaga tikilib turar ekan ko‘zi soatga tushdi. Darrov o‘rnini to‘g‘irlagan bo‘lib ko‘zlarini mahkam yumdi. Futbolchi tunggi ikkida ham uhlamaslik ertangi mashg‘ulotlarda suskashtlikka sabab bo‘lishidan qo‘rqib ketgan edi.
Ansuning ko‘zlari yumiq bo‘lsada, miyyasida savollar aylanishda davom etar edi. Agarda men ularga yoqmasamchi? Agarda men kattalar bilan ilk mashg‘ulotimda xato qilib qo‘ysamchi? Mayli, nima bo‘lgan taqdirda ham, men Grizman, Buskets, Umtiti singari futbolchilar bilan mashq qilganim bilan faxrlanib yurishim mumkin!

Orzu sari bir qadam

Bu amalga oshdi! Asosiy tarkib bilan ilk mashg‘ulot chog‘ida futbolchi o‘zini boshqa dunyoga tushib qolgandek his eta boshladi. U haligacha asosiy tarkibdagi futbolchilar bilan birga shug‘ullanayotganiga ishongisi kelmas, nuqul jilmayar edi.
Eng daxshatlisi mashg‘ulotlar so‘ngida yuz berdi. Murabbiylar Fatini oldiga chorlashdi va unga ertaga «Betis»ga qarshi bahsda ishtirok etuvchi futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgani haqida ma’lumot berishdi. Murabbiylar qanchalar oddiy so‘zlashmasin, futbolchining boshida ro‘yxat, «Betis»ga qarshi uchrashuv, «Kamp-Nou» stadionida so‘zlari jaranglab eshitilar, vaqt to‘xtab qolgandek edi go‘yo! Bu ertakmi? Yoki Tushmi? Hatto Messi ham 16 yoshida «Barselona» safida to‘p surmaganku!

O‘yin kuni!

O‘yin boshlanishiga 2 soat qolganida Fati o‘zini yomon his qila boshladi. Balki bu hayajon sabablidir? Yana kim biladi deysiz?!
«Kamp-Nou» kiyinish xonasida shamol esib turar, o‘yin boshlanishiga 2 soat vaqt qolgan va tez orada asosiy tarkibda maydonga tushuvchi futbolchilar aniqlanishi lozim.
Fati kiyinish xonasining bir burchagida o‘tirgancha asosiy tarkibning e’lon qilinishini kuta boshladi. Albatta u asosiy tarkibda maydonga tushmasligini yaxshi biladi, biroq umid uchqunlari milt-milt etib turibdi…
Fati hayolida o‘zi bilan  suhbat qurar, pichirlab :
«Men ro‘yxatda yo‘q ekanligimdan biroz mamnun ham bo‘ldim. To‘g‘risi, asosiy tarkibda joy olishimni eshitishim bilan qo‘rqqanimdan berkinib olishim ham hech gap emas edi», - degancha yengil tortdi.

Ansu muxlislar bilan to‘la «Kamp-Nou» stadioniga chiqib kelar ekan, boshi aylanib ketdi. Huddi butun stadion unga qarab turgandek tuyulib ketdi shekilli! Futbolchi hech qachon klub o‘yinlarini zahira o‘rindig‘idan turib tomosha qilmagani bois hammasi juda boshqacha tuyular, buni so‘z bilan ifodalashning sira iloji yo‘q edi.

«Barselona» 3-golni kiritganida murabbiylardan biri kelib Ansuga oddiygina qilib tayyorlan dedi va nari ketdi.

Fati bir zumga hech narsani tushunmay qoldi. Tayyorlan? «Barselona» 4-golni kiritganida Ansu uni nishonlashga ham ulgurmay qoldi. U o‘z futbolkasini kiygan va maydonga tushish vaqtini katta hayajonda kutayotgan edi. Futbolchi juda qo‘rqar, oyoqlari qaltirayotganini o‘zi sezmas edi. «Orzuni amalga oshirish shunchalar qo‘rqinchilimi? Men bunchalar ma’suliyat ostida qolib ketishimni nega oldindan sezmadim?» degan o‘yda turgan futbolchini zahira hakami o‘z oldiga chorladi va uning qo‘lidagi kichik tabloda Ansu harakat qiladigan 31 raqam ko‘rindi. Futbolchi raqamga qarab qo‘yar ekan ichida «mening raqamim» deya yosh bolalarcha quvonib qo‘ydi.

O‘z orzulari uchun harakatlanayotgan Ansu Fati o‘zining ilk o‘yinida ishtirok etishga juda yaqin turibdi. U yangi tarixni yozish arafasida. Bu tarix «Barselona» singari qudratli klubda start olayotgani ikki hissa yoqimli. Ushbu start ko‘p narsani anglatmasada, futbol olamiga ilk qadamini qo‘ygan futbolchi uchun tengsiz hislarni taqdim etgani ayni haqiqat!

Ya . U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 28.08.2019.
O'qildi: 9297 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.