Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Ibrahimovichni hayratda qoldirgan 5 ta futbolchi

Ibrahimovichni hayratda qoldirgan 5 ta futbolchi

Baho:
+ | -

Futbol olamida janjalkashligi va cho‘rtkesarligi bilan tanilgan Zlatan uzoq yillik kariyerasi davomida o‘z hamkasblarning juda ko‘pini tanqid qilishga ulgurdi. Shunday bo‘lsada, qahramonimizni hayratda qoldirgan futbolchilar ham yo‘q emas. Bugun uning turli vaqtlarda turli nashrlar uchun bergan intervyularidan foydalanib Ibraning o‘urmatini qozongan futbolchilar haqida bildirgan qiziqarli fikrlarni taqdim etmoqchimiz.

Ronaldo

U chinakam fenomen. Afsuski, hozirda unga o‘xshash futbolchilar yo‘q va boshqa bo‘lmasa ham kerak. U istalgan dribling yoki fintni juda osonlik va ustalik bilan amalga oshiradiki, ko‘rib yoqangizni ushlaysiz. To‘g‘risi, Ronaldoning o‘yinlarini kuzatib borganimni yashirib o‘tirmayman. Fenomen eng kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlarda ham ortiqcha qiyinchiliksiz tablodagi hisobga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan darajada kuchli futbolchi edi.

Ronaldinyo

O‘ylashimcha u hamma davrlarning eng yaxshi futbolchisi va tug‘ma chempion! Shaxsan men u kabi futbolchi bilan bir jamoada to‘p surganimdan faxrlanaman. Bilasizmi, Roni kayfiyat o‘yinchisi. Agar o‘yin kuni uning kayfiyati a’lo darajada bo‘lsa, tamom deyavering! Uni to‘xtatib qolishning umuman iloji qolmaydi. Roni maydon bo‘ylab raqs tushayotgandek yengil harakat qiladi va raqiblarini osonlik bilan ortda qoldiradi. Ochig‘i Ronaldinyo  pul uchun to‘p tepmaydigan men ko‘rgan kam sonli futbolchilardan biri!

Ronaldu

Krish chinakam sport mashinasiga o‘xshaydi. Bunday mashinalarning ichiga o‘tirsangiz undagi mayda detallarni ko‘rib hayron qolasiz. Ushbu detallarning har biri o‘z vazifasini bajaradi va mashiningizni hammadan oldinda bo‘lishini ta’minlaydi. Ronaldu ham o‘z kariyerasi davomida har bir kichik detallarni og‘ir va to‘xtovsiz mashg‘ulotlar orqali yig‘ib borgan. Yakunda esa, u poygada hammadan bir qadam ilgarida. Tan olish lozim, Krish bunday katta bosimni tartibli hayot va tinimsiz mashg‘ulotlar evaziga osonlik bilan yengib o‘tyapti

Messi

Agarda mendan eng kuchli futbolchi kim deb so‘rasalar, albatta Ibra yoki Messi javoblaridan boshqasi hayolmiga kelmaydi. To‘g‘ri Ronaldu borasida ham doimmo ijobiy fikrda bo‘lganman, biroq u mashg‘ulotlar mevasi. Messi esa tug‘ma iste’dod. Menimcha dunyo Messi singari futbolchini avval ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Uning o‘z uslubi bor va o‘ylashimcha bu uslubdan boshqa hech kim foydalan olmaydi. Menga uni har kuni ko‘rish nasib etgan. Avval aytganimdek, u xuddi «Play Station»dagi o‘yinchilarga o‘xshaydi. Unga to‘pni yetkazib bersangiz bo‘lgani. U raqiblarini birin ketin aldashga tushib ketadi.

Zlatan Ibrahimovich

Hamma afsonaga aylanish uchun olamdan o‘tish kerak deb xisoblaydi. Men bu fikrga sira qo‘shilmayman. Axir men tirikmanku! Demak men tirik afsonaman! Bilasizmi yaqinda turmush o‘rtog‘imning tug‘ulgan kuniga nima sovg‘a qildim? Xech narsa! Sababi bizda Zlatan bor!

Manba: Футбол - Футбол
Kiritildi: 00:50, 31.08.2019.
O'qildi: 9827 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.