Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -1

Ushbu rukndagi eng so‘ngi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Rayola o‘z uslibida!

Italiyalik mashxur futbol agenti Mino Rayola «Manchester Yunayted» jamoasini ogohlantirdi.
Gap shundaki, italiyalik mutahassis agarda klub uning mijozi sanalmush Pol Pogbani «Real Madrid»ga qo‘yib yubormasa, futbolchi «qizil iblislar» bilan shartnoma tuzishdan bosh tortishini rasman e’lon qildi.

Bundan tashqari, Mino jamoa rahbarlariga futbolchini sotib mo‘maygina pul ishlab olishni maslahat berdi. Agarda Pogba klub bilan shartnoma tuzishni istamasa, kontrakt yakunlangach, erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin. Voqealar rivoji bunday ko‘rinish olsa, «Manchester Yunayted» 100 limondan ortiqroq summaga xarid qilgan futbolchisining transferidan 1 yevro ham ishlay olmaydi.

«Valensiya» «Lion» himoyachisi ko‘zlamoqda

«Ko‘rshapalaklar» 2 haftadan buyon «Napoli» himoyachisi Elsaid Hyusay transferi borasida muzokaralar o‘tkazayotgan bo‘lsada, ijobiiy natijaga erisha olmayapti.

«TMW» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra «Valensiya» transfer nishonini o‘zgartirdi va qolgan vaqt mobaynida bor e’tiborini «Lion» himoyachisi Keni Tetega qaratadi. Tomonlar allaqachon transfer borasidagi muzokarlarni boshlab yuborishgan. «Lion» o‘z himoyachisi uchun 16 million yevro talab qilmoqda. Agarda ikki klub o‘zaro kelishuvga erishsa, hafta so‘ngida yana bir transfer amalga oshadi.

Eslatib o‘tamiz, Tete o‘tgan mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Yangi mavsumda futbolchi 3 bor maydonga tushdi va har safar o‘yinga zahiradan qo‘shildi.

«Chelsi» futbolchisi italiyaga yo‘l oladimi?!

Angiliyaning «Chelsi» klubi himoyachisi Robert Kenedi o‘z faoliyatini Italiyaning «Sassuolo» klubida davom ettirishi mumkin.

Himoyachining hizmatlari bilan Italiya klubi jiddiy qiziqib qolgan. O‘tgan 2 mavsumda «Nyukasl»da ijara asosida to‘p surgan himoyachi yangi mavsumda ham asosiy jamoadan taklif olmadi va katta ehtimol bilan yana ijaraga yo‘l oladi.

«Sassuolo» jamoasi bu futbolchini jarohat olgan Rojerioning o‘rnini egallashini mo‘ljallamoqda.

Emiri Ozil borasidagi savollarga nuqta qo‘ydi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi shogirdi Mesut O‘zilning klubda qolish yoki ketishi borasidagi savollarga javob berdi.

«Dushanba kuni hammasi o‘z yakuniga yetadi. Biz O‘zilni sotib yuborish haqida o‘ylaganimiz yo‘q. Buni sizlar o‘ylab toptingiz. Biz uchun transfer oynasi allaqachon yopilgan. Afsuski, boshqa futbolchi sotib olishga bizda mablag‘ yo‘q. bo‘lgan taqdirda ham APL uchun transfer oynasi allaqachon yopilgan. O‘zil jamoada qoladi. Monareal borasida bunday deya olmayman.
Hozirda Mesut o‘z ustida ishlamoqda. Uning jismoniy holati ham ancha yaxshilandi. Umid qilamanki, u yangi mavsumda o‘zining eng kuchli o‘yinini ko‘rsata oladi» – deb bayonot berdi «to‘pchilar» murabbiyi Unay Emiri

Tuxel kutmoqda

 PSJ jamoasi ustozi Tomas Tuxel kuni kecha jamoaning transfer oynasidagi ahvoli va Neymarning kelajagi borasida intervyu berdi.

« Neymarning transferi haqida biron narsa deya olmayman. Shunday bo‘lsada, 2 kun ichida bunday katta transferni amalga oshirishning deyarli yo‘qdek tuyulmoqda.
Shunday bo‘lsada, men 3 sentyabrga qadar hech narsani rejalashtirmayapman. Ochig‘I aynan shu kuni qaysi futbolchi mavsum davomida qo‘l ostimda bo‘lishini aniq bilaman va jamoaning o‘yinini to‘liq tuzib chiqishga imkon bo‘ladi.
Men shunday katta klubda Neymarning transferi haqida hech kim bilmgan narsalarni bilishimni qanday tahmin qilish mumkin. Bizda aynan shu masalada bosh qotirayotgan mahsus insonlar mavjud. Men uning klubdan qolishini istayman. Biz jamoamizga yangi futbolchilarni taklif etmaymiz. To‘g‘ri qishda hammasi o‘zgarishi mumkin, lekin hozir hammasi o‘z joyida»

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:05, 31.08.2019.
O'qildi: 12571 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.