Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Bektemir Meliqo‘ziyev yana birinchi raundda raqibini tor-mor etdi

Bektemir Meliqo‘ziyev yana birinchi raundda raqibini tor-mor etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (2-0, 2 KO) yana bir chiroyli g‘alabasini tantana qildi.

Kaliforniyaning Pasadena shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida u meksikalik Rikardo Luna Floresga (22-7-1, 14 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan mazkur jang birinchi raunddayoq o‘z yakuniga yetdi. Meliqo‘ziyev dastlabki raundda Floresni ikki marta jigar qismiga bergan kuchli zarbalari tufayli yerga qulatdi. Natijada hakam raundning 2:13 soniyasi ortda qolganida sof nokaut qayd etdi.

Bu natija orqali Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi ikkinchi jangida ham birinchi raunddayoq g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 13 iyun kuni Hollivudda bo‘lib o‘tgan boks kechasida prof-boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 08:15, 31.08.2019.
O'qildi: 4079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик