Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Yozning eng omadli transferlari 2-qism

Yozning eng omadli transferlari 2-qism

Baho:
+ | -

Ushbu yoz davomida top klublar yangi futbolchilarni jamoaga qo‘shib olish bilan band bo‘lishganidan xabaringiz bor. Amalga oshgan transferlarning barchasini ham omadli deyish noo‘rin. Shunga qaramasdan ba’zi transferlarni alohida qayd etish joiz. Bugun ana shunday trasnferlar haqida so‘z boradi.

Frenki De Yong- «Barselona»

Bu futbolchini Katoloniya klubi qishda sotib olgna bo‘lsada, mavsum so‘nggiga qadar «Ayaks»da to‘p surishiga imkon yaratib bergan edi.

Maydon markazida istalgan vazifani to‘liq amalga oshira oladigan universal yarim himoyachi «Barselona»ning o‘yin falsafasiga bir zumda kirishib ketdi. Yosh g‘alabalarga chanqoq futbolchi asta-sekinlik bilan Buskets va Raktichlardan birini asosiy tarkibdan siqib chiqarishi aniq.
Frenki murabbiylar tomonindan qadrlanadigan futbolchilar sirasiga kiradi. Gap shundaki, agar jamoaga natijani saqlab qolish zarur bo‘lsa, u mayda paslar bilan o‘yinni o‘ldirishi, yoki hujum qilish kerak bo‘lsa, bemalol maydon markazidan yorib kirishi mumkin. Bundan tashqari, gollandiyalik to‘p uchun kurashlarda ham juda faol. Uning hususiyatlari murabbiyga o‘yinchi almashtirishsiz ham maydondagi vaziyatni o‘nglash imkonini beradi. Frenki yangi mavsumni asosiy tarkibda boshladi va o‘z o‘rnini hech kimga berib qo‘ymoqchi emas!

De Ligt -«Yuventus»

O‘tgan mavsumda «Ayaks»ning ajoyib o‘yinlarini hech kim unutganicha yo‘q. Ushbu jamoaning 20 yoshlik sardori sifatida alohida qayd etilgan De Ligtning transferi juda ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Avvaliga uni «Barselona» bilan bog‘lashdi, keyin pul uchun Parij klubi safiga o‘tishini tahmin qilishdi. Oqibatda, futbolchi Turin super klubi safiga o‘tib ketdi. Tan olish lozim, gollandiyalik «tilla bola»ni barcha qo‘lga kiritishni istadi. Uning yosh bo‘lishiga qaramasdan sovuqqonligi va jismoniy ko‘rsatgichlari kishini hayratda qoldiradi. Himoyachi sifatida yanada o‘sish uchun Italiyaga ko‘chib o‘tgani, uning kelajakda yangi darajaga chiqa oladigan potensial egasi ekanligidan dalolat. Hozirda futbolchi dunyoning eng kuchli himoyachilari bilan asosiy tarkib uchun kurashda g‘olib chiqishni uddalamoqda. Agarda  u shu tempda o‘sib borsa, hademay Virjil van Deykdan ham o‘tib ketishi mumkin. «Yuventus» uning haridi ortidan himoyachilar o‘rtasida kuchli raqobatni hosil qilishga muvaffaq bo‘lganini ham alohida qayd etib o‘tish lozim.

Rodri – «Manchester Siti»

Ispaniyalik yarim himoyachi zamonaviy futbol uchun o‘ta muhim bo‘lgan uslubda to‘p suruvchi markaziy yarim himoyachisi sifatida nom qozonishga ulgurdi. Uning hizmatlari bilan bir nechta top klublar qiziqish bildirgan bo‘lsada, futbolchi gvardiola qo‘l ostida to‘p surishni avzal bildi. Uning o‘yin uslubi «Barselona»ga juda mos tushgan bo‘lsada, yigitcha qiyin yo‘lni tanlashdan cho‘chimadi. Uning asosiy tarkibga kirib olishi haqidagi savollar birinchi kundan boshlab kun tartibidan olib tashlangani e’tiborga molik. U hozirda Fernandino va David Silva maydonda bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarni ustalik bilan uddalamoqda. Tan olish lozim futbolchi yulduzli tarkib ichida yo‘qolib qolgani yo‘q. Hozirda u jamoaning o‘yin tezligini belgilab beruvchi muhim futbolchiga aylanib bo‘ldi.

Adriyen Rabio –«Yuventus»

Parij klubi bilan uzqo davom etgan janjallardan so‘ng, boshqa klubga o‘tishni juda istagan futbolchi deyarli bir mavsum futboldan chetda qolganidan xabaringiz bor. Uning asosiy maqsadi «Barselona» safiga o‘tish edi. Katoloniya klubi Frenki de Yongni harid qilgach, futbolchi ikki o‘t o‘rtasida qolib ketdi. Bu vaziyatdan esa, «Yuventus» unumli foydalanib ketdi. To‘g‘ri, u jamoaga erkin agent sifatida o‘tdi biroq, ilk uchrashuvlardanoq maydon markazidagi ishonchli o‘yinlari bilan ko‘zga yaqqol tashlana boshladi.
Rabioning eng kuchli tomonlaridan biri shundaki, u istalgan vaziyatda hujumni yakunlashi va ajoyib hujum ortidagi yarim himoyachiga aylanishi mumkin. U tomonidan zargarona paslarning yetkazib berilishi esa, jamoaning tezlik bilan qarshi hujumlarga o‘tib ketishini ta’minlay oladi. Sarri aynan shu uslubdan foydalanayotganini e’tiborga olsak, Rabio yozning eng omadli transferlaridan biri bo‘lishga haqli. Bundan tashqari, Turin klubi futbolchini qo‘lga kiritish uchun bir sent ham ishlatmaganiga nima deysiz?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:47, 05.09.2019.
O'qildi: 7785 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.